• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 16 » Koronavirusdan sog‘ayganlar qariyb 130 nafarga yetdi – SSV
17:33
Koronavirusdan sog‘ayganlar qariyb 130 nafarga yetdi – SSV

Avvalroq, Buxoroda koronavirusga chalingan 20 nafar bemor to‘liq tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatilgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 16 aprel kuni Toshkent shahri va Xorazm viloyatidan ham xushxabarlar keldi. Har ikki hududda ham bir nafardan koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Xorazmda sog‘aygan bemor viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. 

Sog‘aygan 33 yoshli bemor joriy yil 22 mart kuni charter reys orqali Rossiyadan Xorazmga kelgan va karantinga olingan edi. Unda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Uning tuzalishida, shu bilan birga, boshqa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarda samarali davolash muolajalar olib borishda mazkur shifoxona tibbiyot xodimlarining birdamlikda olib borayotgan sa’y-harakatlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan 1 nafar bemor butkul sog‘aydi.

Sog‘aygan bemor 70 yoshda bo‘lib, Toshkent shahrida yashaydi. U muloqot orqali koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar unda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi. Shunday qilib, ushbu klinikada hozirga qadar darddan forig‘ bo‘lganlar 11 nafarga yetdi.

Ayni paytda klinikada koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarga tibbiyot xodimlari tomonidan xalqaro stantdartlar asosida muolajalar olib borilmoqda. Bunda malakali pulmonolog, kardiolog, terapevt, endokrinolog kabi mutaxassislar bilan telemuloqot o‘rnatilib, zarur tavsiyalarni olinmoqda.

Hozirga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 129 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha virus yuqtirganlar 1349 nafarga yetdi. Bugungacha kasallanganlarning 4 nafari vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:577 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:54
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь