• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1887
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Главная » 2020 » Aprel » 7 » Koronavirus yuqtirgan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar bir baravar ko‘paydi – SSV
18:06
Koronavirus yuqtirgan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar bir baravar ko‘paydi – SSV

Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan holatlar soni 504 ta yetgani haqida xabar bergan edik. Sog‘liqni saqlash vazirligi bemorlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, bemorlarning 212 nafari erkak, 292 nafari ayollardir.

SSV ma’lumotidan ko‘rinadiki, koronavirusga chalinganlar orasida 10 yoshga bo‘lgan bolalar teng baravariga ko‘paygan. 6 aprel holatiga bu yosh darajasidagi bemorlar 10 nafarni tashkil qilayotgandi.

Bemorlarning yoshi:

0-9 yoshgacha – 20 nafar (4 foiz);

10-19 yoshgacha – 29 nafar (5,8 foiz);

20-29 yoshgacha – 84 nafar (16,7 foiz);

30-39 yoshgacha – 132 nafar (26,2 foiz);

40-49 yoshgacha – 137 nafar (27 foiz);

50-59 yoshgacha – 72 nafar (14,3 foiz);

60-69 yoshgacha – 22 nafar (4,4 foiz);

70-79 yoshgacha – 7 nafar (1,4 foiz);

80 yoshdan yuqori bo‘lganlar 1 nafar (0,2 foiz)ni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasiga chalingan 194 nafar bemor Toshkent shahrida davolanmoqda. Shuningdek,

•    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 16,

•    Andijon viloyatida 61,

•    Buxoro viloyatida 84,

•    Namangan viloyatida 51,

•    Farg‘ona viloyatida 70,

•    Xorazm viloyatida 18,

•    Qashqadaryo viloyatida 6,

•    Navoiy viloyatida 2,

•    Samarqand viloyatida 1,

•    Jizzax viloyatida 1 nafardan
bemor hududdagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanishmoqda.

Shu o‘rinda aytish kerakki, laborator tahlillar natijasida kasalligi aniqlangan fuqarolar doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar karantinda bo‘lgan hududidagi ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga davolash uchun o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot xodimlari tomonidan bemorlarga xalqaro standartlar asosida davo muolajalari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha 
koronavirusga chalinganning 30 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:634 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:14
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь