• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 19 » Koronavirus tufayli xitoylik erkakning xotirasi qaytdi
15:59
Koronavirus tufayli xitoylik erkakning xotirasi qaytdi

1990-yildan beri amneziyadan aziyat chekib kelgan xitoylik Chju Szyamin koronavirus haqidagi telesyujetdan so‘ng oilasini esladi, deb xabar berdi "Korrespondent.net”.

Erkak 30 yil avval o‘zi tug‘ilib o‘sgan Guychjoy provinsiyasidan Xubeyga ketib, o‘sha yerda qurilishga ishga joylashgan. U o‘shanda boshidan jarohat olgan, shundan so‘ng xotirasini yo‘qota boshlagan. Chju Szyamin shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini ham yo‘qotib qo‘ygan edi. Xubeyda yashaydigan oilaning unga rahmi kelib, uyidan joy bergan edi.

Szyamin bir necha bor o‘z ismini va asli qayerdan ekanligini eslashga uringan, biroq buning uddasidan chiqmagan. U fevral oyida televizorda koronavirus haqidagi yangiliklarni ko‘rib o‘tirganida, tug‘ilib o‘sgan shahrini ko‘rib qoldi. Kutilmaganda Szyamin o‘zi haqidagi hamma ma’lumotni esladi.

Erkak shu zahotiyoq politsiyaga murojaat qildi. Shundan keyin uning oilasini topishdi. Aniqlanishicha, Szyaminning otasi 18 yil avval olamdan o‘tgan. U 83 yoshli onasi bilan videoqo‘ng‘iroq orqali gaplashdi.

"Tirikligingdan xursandman. Seni boshqa hech qachon ko‘rmayman, deb o‘ylagandim”, — dedi onasi unga.

Szyamin yangi hujjatlari tayyor bo‘lishi bilan onasining oldiga ketishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda epidemiologik vaziyat kundan-kunga yaxshilanmoqda. Xususan, koronavirus tarqalishi o‘chog‘iga aylangan Xitoyning Xubey provinsiyasida va Uxan shahrida so‘nggi bir kun ichida kasalik yuqtirish bo‘yicha birorta yangi holat aniqlanmadi.

Butun dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni 200 ming kishidan, uning qurbonlari soni esa 8 ming kishidan oshdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusga qarshi vaksinalarning ilk sinovlari boshlanganini ma’lum qildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:571 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:56
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031