• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 27 » “Koronavirus tufayli sotuv hajmi 70 foizga tushib ketdi”. Intensiv usulda baliq yetishtirayotgan namanganlik tadbirkor bilan suhbat
21:20
“Koronavirus tufayli sotuv hajmi 70 foizga tushib ketdi”. Intensiv usulda baliq yetishtirayotgan namanganlik tadbirkor bilan suhbat

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga safari davomida 26-iyun, juma kuni Uchqo‘rg‘on tumani Norin daryosi bo‘yida joylashgan noyob baliq turlarini yetishtiruvchi DB Group Eco korxonasida ham bo‘ldi.

— Baliqchilik tarmog‘i bilan shug‘ullanishingizga nima turtki bo‘ldi?

— Aslida savdo sohasida faoliyat yuritaman. 12 yildan beri "Ipoteka bank” bilan yaqin hamkorlik qilib kelamiz. Bankning respublika boshqaruv raisi Omon aka Musayev 2018-yilda bizga bir loyihani taklif etdi. Intensiv baliq xo‘jaligini rivojlantirishga oid mazkur loyihani atroflicha o‘rgandik va ma’qul kelgach, viloyat hokimiga tashabbus bilan chiqdik. 2018-yil may oyida davlatimiz rahbari Namangan viloyatiga tashrif buyurganida qiymati 40 milliard so‘mlik ushbu loyiha taqdimotini o‘tkazdik. O‘shanda Prezidentimiz xursandchilik bilan qo‘llab-quvvatlab, bizga 20 gektar yer ajratish bo‘yicha viloyat mas’ullariga topshiriq bergandi. Yetti oy ichida, ya’ni 2018-yil dekabriga qadar sizlar ko‘rib turgan mana bu 5 gektardan iborat birinchi loyihamizni qurib, bitkazdik.

— Korxonada qanday baliq turlari yetishtiriladi?

— 2019-yilning yanvar oyida Daniya davlatidan baliq uvildiriqlarini olib kelib, boqishni boshladik. Yevropa tajribasiga asoslangan holda forel va losos baliqlarini intensiv usulda yetishtiryapmiz. Yillik ishlab chiqarish quvvatimiz 1500 tonna baliq mahsulotini tashkil qiladi. Baliq uvildiriqlarining tayyor mahsulotga aylanishi uchun 1-1,5 yil vaqt ketadi. Korxona tasarrufida uvildiriq va chavoqlar yetishtirish uchun yopiq suv havzalari hamda 66 ta ochiq hovuz barpo etilgan. 100 ta ish o‘rni yaratilgan.

Singapurlik hamkorimiz O‘zbekistondagi sharoitlar, investitsion muhitni ko‘rib, loyihaning qolgan qismini birgalikda davom ettirish taklifini bildiryapti. Hokimlik tomonidan yana qo‘shimcha 50 gektar yer ajratildi. U yerga qo‘shma korxona qurib, yiliga 10 ming tonna forel va losos baliqlarini yetishtirishni maqsad qilganmiz. Bu loyihamiz 2022-yilda ishga tushishi ko‘zda tutilgan. Korxona to‘liq ishga tushgach, 2000 tonna baliq chavog‘i yetishtirish imkoniga ega bo‘lamiz.

— Forel balig‘i asosan tog‘li zonalarda boqiladi. Uning Uchqo‘rg‘on tuman hududiga moslashishi qanday kechyapti?

— Chuchuk va kislorodga to‘yingan suvlarda yashaydigan, sovuqsevar ushbu baliq turlarining moslashishi juda yaxshi. Chunki korxona hovuzlariga tog‘dan kelayotgan muzdek, shaffof va kislorodga boy daryo suvi quyiladi. Suv harorati yil davomida o‘zgarmaydi. Bu esa baliqlar uchun juda muhim va foydali. Suv aylanma oqim bilan yana Norin daryosining o‘ziga qaytadi. Bunda ortiqcha suv va energiya resursi sarflanmaydi.

— Baliqlar qayerlarga eksport qilinmoqda?

— O‘tgan yil boshida 300 mingta uvildiriq olib kelingan edi. Ular bir yil davomida tayyor tovar holatiga keldi. Ayni vaqtda forel muzlatilgan holda, shuningdek, sovuq va issiq dudlangan, file va kam tuzlangan holatda ichki bozorga chiqarilmoqda. Dekabr oyidan shu kunga qadar 4 tonna mahsulotni supermarket va yemakxonalarga yetkazib berdik. Tirik baliqning bir kilogrammini 50 ming so‘m, tozalanganini esa 60 ming so‘mdan sotyapmiz. Oyiga o‘rtacha 600 kilogramm baliq xaridorlarga yetkaziladi. Avgust oyidan eksportni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Singapurlik hamkorlar bilan shartnomalar imzolangan. Xorij bozoriga bir kilo baliqni 4 dollardan sotish rejalashtirilgan. 2020-yil so‘ngiga qadar Singapur va Rossiyaga 300 tonna baliq eksport qilmoqchimiz.

— O‘zbekiston Prezidenti DB Group Eco korxonasida bo‘lib, amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Davlat rahbari qanday fikr-mulohazalar, takliflar bildirdi?

— Respublikada forel balig‘i oziqasini ishlab chiqruvchi korxonalar yo‘q. Bu murakkab texnologiya bo‘lgani uchun oziqani asosan Yevropadan valyutaga import qilamiz. Prezidentimiz oziqa-yemni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish zarurligi, aholi uchun bunday noyob baliq turlari hamyonbop bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. "Baliq yetishtirishning tannarxi tushsagina bozori chaqqon bo‘ladi, odamlar dasturxoniga baliq yetib boradi, tadbirkor uchun ham foyda ikki hissaga ortadi”, — dedi.

Biz ham forel balig‘i uchun oziqa ishlab chiqaruvchi dunyodagi 4 ta yirik korxonadan biri bilan hamkorlik qilish rejamizda mavjudligini aytdik. Germaniyadagi Alltech Coppens kompaniyasi va korxonamiz o‘rtasida memorandum imzolangan. Jahon bo‘ylab pandemiya yumshagach, qurilish ishlarini boshlaymiz. Mazkur loyiha orqali baliq narxlari arzonlashadi, yuzlab yangi ish o‘rni yaratiladi va oziqani Markaziy Osiyo mamlakatlari, Rossiya, Mo‘g‘ulistonga eksport qilish imkoniyati ham ochiladi.

— COVID-19 va karantin tartibi korxona faoliyatiga qay darajada ta’sir ko‘rsatdi?

— Koronavirus minglab tadbirkorlar singari mening ham faoliyatimga qattiq ta’sir qildi. Forel balig‘ining asosiy mijozlari kafe va restoranlar hisoblanadi. Pandemiya tufayli ko‘plab yemakxonalar ishlamagani bois sotuv hajmi 70 foizga tushib ketdi. Oyiga 10 tonna baliq sotishni reja qilgandik, ammo hozir mijozlarimizga 3 tonna mahsulot yetkazib beryapmiz.
Категория: Har-Hil | Просмотров:465 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:48
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь