• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 24 » Koronavirus sababli Yunusobodda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha o‘rnatilgan bazaviy me’yorlar bekor qilinadi
17:28
Koronavirus sababli Yunusobodda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha o‘rnatilgan bazaviy me’yorlar bekor qilinadi

Toshkent shahar Yunusobod tumanida elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha tajriba tariqasida o‘rnatilgan bazaviy me’yorlar koronavirus sababli bekor qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha. Energetika vazirligi tomonidan Adliya vazirligi va Moliya vazirligiga Yunusobod tumani aholisi uchun joriy etilgan elektr energiyasi iste’molining bazaviy me’yorlarini bekor qilish to‘g‘risida so‘rov jo‘natilgan.

Qayd etilishicha, bunday qaror koronavirus sababli joriy etilgan karantin bilan bog‘liq. Karantin sababli ko‘plab kishilar vaqtini uyda o‘tkazadi va shunga mos ravishda energiyani ko‘p sarflaydi. O‘rnatilgan bazaviy me’yorlar esa tuman aholisi uchun boshqa tumanlar aholisi bilan teng bo‘lmagan holatni yuzaga keltiradi.

Elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha bazaviy me’yorlar Yunusobod tumanida tajriba tariqasida 2019-yil 1-yanvardan joriy qilingan. Unga ko‘ra, bitta abonent uchun oylik iste’mol miqdori 300 kilovatt soatni tashkil etadi. Bazaviy me’yordan ortiq iste’mol qilingan energiya hajmi uchun to‘lov hisoblashda 1,2 baravar miqdoridagi oshirilgan koeffitsiyent qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining "Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 24-martdan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etildi, dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatildi, Umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyati ham vaqtincha to‘xtatildi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda mahalliy aviaqatnovlar va respublika bo‘ylab poyezdlarda yo‘lovchi tashish to‘xtatildi.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 50 nafarni tashkil etmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning 30 nafari chet elda bo‘lib qaytgan. 18 nafar fuqaro esa ular bilan yaqin muloqotda bo‘lib, virusni yuqtirib olgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:574 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:36
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031