• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 15 » Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan o‘zbekistonlik haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi
19:31
Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan o‘zbekistonlik haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

O‘zbekistonda 15-mart kuni koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bemor 14-mart kuni Respublika Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinikasiga COVID-19 koronavirus infeksiyasiga gumon qilinib, kasalxonaga yotqizilganini ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, bemor 28-fevraldan—11-martga qadar Fransiyada sayyoxatda bo‘lgan. 11-mart kuni soat 6:00 da Parij-Toshkent 252-reysi bilan Toshkentga uchib kelgan. Aeroportda sanitariya-karantin punktida termometriya hamda birlamchi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan va tekshiruv davomida kasallik belgilari aniqlanmagan. Yo’lovchining yashash manziliga aniqlik kiritilib, uy sharoitida 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingan.

Biroq, 13-mart kuni bemor tomog‘ida qichishish, tana harorati ko‘tarilishi hamda yo‘tal belgilari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Bemordan 14-mart kuni koronavirus infeksiyasiga labortoriya tahlili uchun namuna olingan va 15-mart kuni soat 06.00da namuna javoblariga ko‘ra, unda koronavirus infeksiyasi borligi tasdiqlangan. Shundan so‘ng, qolgan 24 nafar fuqarolarning yashash manzili bo‘yicha ro‘yxatlari shakllantirilib, ular 14 kunlik karantin o‘tkazishi uchun maxsus tayyorlangan muassasalarga joylashtirildi.

Samolyotda bemor bilan umumiy hisobda 48 nafar yo‘lovchilar kelgan. Ulardan 24 nafari tranzit yo‘lovchilar bo‘lib, qolgan 24 nafari O‘zbekistonda qolgan. Qolganlarning 4 nafari Fransiya, 1 nafar Italiya va 1 nafar Braziliya fuqarolari tashkil qiladi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida 11-mart kuni faoliyat olib borgan 69 nafar chegara qo‘shinlari, bojxona, aeroport xodimlarining ro‘yxati shakllantirildi hamda maxsus muassasalarda 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingani, shuningdek, bemorning 10 nafar oila a’zolari to‘liq tekshiruvdan o‘tkazish uchun Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti klinikasiga joylashtirilgani haqida ma’lum qilingan.

Xabar berilishicha, bemor istiqomat qiluvchi ko‘p qavatli uy va bemor xonadonida dezinfeksiya o‘tkazilgan. Shu bilan birga, mazkur ko‘p qavatli uyda yashovchi 230 nafar fuqarolar ro‘yxati shakllantirilib, tibbiy kuzatuvga olingan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:551 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:55
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031