• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 23 » Koronavirus holva – ekpertlar COVID-19 ni boshqa pandemiyalar bilan taqqoslashdi
13:25
Koronavirus holva – ekpertlar COVID-19 ni boshqa pandemiyalar bilan taqqoslashdi

COVID​-19 pandemiyasini oxirgi ming yillikning 23 ta pandemiyasi bilan taqqoslasak, u hatto eng halokatli yigirmatalikka ham kirmaydi. Bu haqda "Deutsche Bank" tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda keltirib o‘tildi.

Tadqiqot mualliflari 100 ming kishining o‘limiga olib kelgan pandemiya va epidemiyalarni tahlil qilishgan. Ular 24 ta kasallik ro‘yxatini tuzdilar va ushbu kasalliklardan dunyo aholisining qanchasi o‘lganligini hisobladilar. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo aholisining 183 ming nafari yoki 0,002 foizi COVID​-19 qurboniga aylangan. Ushbu ko‘rsatkichga ko‘ra, 2009-2010 yillardagi cho‘chqa grippi hozirgi pandemiyani ortda qoldiradi. U vaqtda 203 ming kishi yoki o‘sha paytdagi dunyo aholisining 0,003% pandemiyadan vafot etgan.

Shuningdek, OITS hozirgi zamonning eng xavfli kasalligi bo‘lib qolmoqda. OIV infeksiyasi natijasida kasallik 1981 yildan to hozirgi kungacha aholining 0,57% (30 million) vafot etgan va bu pandemiya hanuz davom etmoqda. So‘nggi yuz yillikda eng keng tarqalgan pandemiya 1918-

1919 yillarda Birinchi jahon urushidan keyin tarqalgan "Ispaniya grippi" edi. Uning qurbonlari 50 million kishi yoki o‘sha yillarda dunyo aholisining 2,73% edi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi ikki ming yil ichida insoniyat tarixidagi eng xavfli kasallik, "Qora o‘lat" - 1347-1351 yillardagi pandemiyasi bo‘lgan. 

Natijada, tarixiy manbalarga ko‘ra, o‘sha davrdagi dunyo aholisining 42 foizi yoki 200 million kishi vafot etgan. 541-542 yillardagi Vizantiya 
imperatori Yustinian I davrida tarqalgan vaboda esa yer aholisining 28,51% yoki 60 million kishi vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, hozirgi koronavirus infeksiyasi tarixdagi eng jiddiy yigirmata pandemiyasi qatoriga kirishi uchun vafot etganlar soni millionga yetishi kerak. Koronavirusdan 38,5 million kishi nobud bo‘lganda u eng xavfli 10 ta kasallik ro‘yxatiga kirishi mumkin. Eng dahshatli pandemiya beshligiga kirish uchun esa qurbonlar soni 210 million kishiga ko‘tarilishi kerak. Bu hozirgi vaqtdagi dunyo aholisining 2,73 foiziga teng.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan bog‘liq 2 628 929 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 713 294 nafari sog‘aygan, 183 441 nafari esa vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:580 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:27
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь