• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 27 » Koronavirus bilan vafot etgan odam qanday dafn etiladi?
15:10
Koronavirus bilan vafot etgan odam qanday dafn etiladi?

Avvalroq, koronavirus infeksiyasi aniqlangan namanganlik 72 yoshli ayol 27 mart kuni shifokorlarning reanimatsion muolajalariga qaramasdan o‘tkir miokard infarktidan vafot etgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari ushbu holat bilan bog‘liq tegishli fatvolar va tibbiyot sohasi mutaxassislari bilan kengashgan holda koronavirus kasalligi mavjud bo‘lgan mayyitni dafn etish borasida quyidagilarni ma’lum qildi.

"Islom dinida biror musulmon vafot etsa, uni shariat ko‘rsatmasiga binoan yuvish, kafanlash va dafn qilishga buyurilgan. Ushbu amallarni bajarish jarayonida odamga zarar yetish ehtimoli mavjud bo‘lsa, "islomda zarar berish ham, zarar ko‘rish ham yo‘q” va "mashaqqat yengillikni jalb qiladi” kabi fiqhiy qoidalariga binoan, mazkur amallarni ijrochilarga ziyon-zahmat yetkazmagan shaklda bajarishga ruxsat beriladi. Chunki bilib turib jonini xavf-xatarga qo‘yish – o‘zini halokatga tashlashdir.

Bu kabi o‘ta yuqumli va xatarli kasalliklar vafot etgan musulmonlarni yuvish, kafanlash va dafn qilishda o‘ziga xos talablarga rioya etishni taqozo etadi. Ya’ni yuvuvchi, kafanlovchi va dafn qiluvchilarga virus o‘tish ehtimolining oldini olish zarur. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi tomonidan mazkur masala bo‘yicha Misrning "Dorul-ifto” fatvo uyushmasi fatvosi, Azhar ulamolari kengashi fatvosi, Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi fatvolari o‘rganib chiqildi. 

Hozirgi kunda dunyo musulmon davlatlari tajribasida mayyitni yuvish, kafanlash va dafn marosimi sanitar xodimlar yordamida shariatga muvofiq ado qilinmoqda. Ushbu amallarni bajarishda mayyitning yaqinlari ishtirok etayotgani yo‘q. Marhumning yaqin qarindoshlari faqat janoza o‘qishda qatnashmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan o‘zaro maslahat asosida, karantin holatida mayyitni imkon qadar shariatimiz ko‘rsatmalariga muvofiq yuvish, 
kafanlash va dafn qilishga harakat qilinadi. Bu jarayonda O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakili ishtirok etadi.

Mazkur amallar farzi kifoya ma’nosidagi ishlar bo‘lib, ba’zi musulmonlar amalga oshirishsa, qolganlaridan soqit bo‘ladi. 
Demak, koronavirus kasalligi mavjud bo‘lgan mayyitni dafn marosimini faqat yaqin qarindoshlari vakillari ishtirokida qilish lozimdir”, deyiladi idora bayonotida.

Dafn marosimida ishtirok etuvchilar tibbiy ko‘rsatmalarga amal qilishlari, jumladan, niqoblar va qo‘lqoplardan foydalanishlari hamda marosimdan so‘ng karantin talablari asosida dezinfeksiya va shaxsiy gigiyena amallarini bajarishlari lozim.

Ta’kidlash joizki, janoza, dafn va ta’ziya marosimlarini ixcham tarzda o‘tkazish barobarida epidemiya hamda karantin davridagi talablar, xususan, gigiyena qoidalariga jiddiy amal qilish lozim bo‘ladi. Shuningdek, maxsus komissiya qarori asosida qat’iy cheklangan tarkibda o‘tkaziladi. 

"Mo‘min-musulmonlarimiz Islom dini manbalariga tayangan holda bayon etilgan mazkur jihatlar va tadbirlarni to‘g‘ri tushunishlariga qat’iy ishonch bildiramiz”, deya qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda O
‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar 83 nafarga yetdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:579 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:49
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031