• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 27 » Koronavirus bilan kasallangan qozog‘istonlik ayol bilan intervyu o‘tkazildi
11:55
Koronavirus bilan kasallangan qozog‘istonlik ayol bilan intervyu o‘tkazildi

Koronavirus bilan kasallangan qozog‘istonlik ayol o‘z kechinmalarini gapirib berdi. Qozog‘istonning KTK telekanali muxbirlari ushbu ayol bilan bo‘lib o‘tgan intervyuni internetda e’lon qildi.

Alina Janzakova kasallik aniqlangan Olma-otadagi 40 bemordan biri hisoblanadi. Qizning so‘zlariga ko‘ra, u parvoz paytida COVID-19ni yuqtirgan bo‘lishi mumkin. Uning ta’kidlashicha, samolyotda koronavirus bilan kasallangan odam bo‘lgan.

"Samolyotda yo‘talayotgan va o‘zini noxush his qilayotgan bir ayolni ko‘rdik. Unda koronavirus tashxisi tasdiqlanganmi yoki yo‘qligini bilmayman. Ammo keyinchalik bizning Minsk - Olma-ota yo‘nalishdagi samolyotimizda ikki kishida koronavirus aniqlangani ma’lum qilindi. Uyga borib o‘zimni izolyatsiya qildim”, deydi u.

Alinaning so‘zlariga ko‘ra, u kelganidan so‘ng, shifokorlar u bilan bog‘lanishini va bortda koronavirus bilan bog‘liq biron kishi bor-yo‘qligini aytishini kutgan. Ammo kasallik alomatlari bundan oldinroq paydo bo‘lgan.

"Menda terlash, quruq yo‘tal va o‘pkamning qizishi kabi birinchi alomatlar paydo bo‘ldi. Tana haroratim ko‘tarilmadi. Hozir ham isitmam yo‘q. Olma-otaga kelganimning ikkinchi kuni menda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar qilishdi. Alomatlar paydo bo‘lishining ikkinchi kuni yo‘tal kuchayib, tomog‘im og‘rishi boshlandi", deydi Alina.

Hozir u o‘zini yaxshi his qilmoqda. Shifokorlar Alinani virusga qarshi dori-darmon bilan davolashmoqda. Shuningdek, unga OIV bilan kasallangan odamlarga mo‘ljallangan dori vositalarini berishmoqda. Hozirda olma-otalik ayolni, kimgadir ushbu virusni yuqtirishi mumkinligi xavotirga solyapti.

"Bu, albatta, meni xavotirga soladi. Men Buni xohlamagan bo‘lardim. Kasalxonaga kelganimda ikki kishi bilan bir xonada edim. Ularga mendan virusning yuqishi aniq edi. Hozirda, u qizlarga javob berilgan. Lekin ularning qayta tashxisida virus chiqishidan xavotirdaman. Hozir meni boshqa palataga o‘tkazishgan" deydi Alina Janzakova .

Ma’lumot uchun, hozirgacha Qozog‘istonda 121 ta koronavirus holati aniqlangan. Kasallanganlarning bir nafari vafot etgan, ikki nafari esa sog‘ayib ketgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:579 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:32
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031