• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1877
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 13 » Koronavirus bemorlari ko‘payishiga sababchi bo‘lgan tibbiyot xodimi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16:18
Koronavirus bemorlari ko‘payishiga sababchi bo‘lgan tibbiyot xodimi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand viloyatida o‘zida koronavirus infeksiyasi alomatlari borligini sezgan bo‘lsa-da, karantin sharoitida tegishli tartibda davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvlaridan o‘tmay, boshqalarga kasallikni yuqtirgan tibbiyot xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyati prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.

Samarqanddagi tumanlarning biridagi tibbiyot birlashmasi bo‘lim mudiri vazifasida ishlab kelgan X.D. ismli fuqaro 20-aprel kunidan sog‘lig‘ida o‘zgarish boshlanib, o‘zida koronavirus infeksiyasi belgilarini payqagan holda uy sharoitida davolana boshlagan.

"U COVID-19 infeksiyasini yuqtirganini sezsa-da, karantin sharoitida tegishli tartibda davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvidan o‘tmasdan, 27-aprel kuniga qadar o‘zboshimchalik bilan uy sharoitida o‘zini o‘zi davolash bilan shug‘ullanib, sanitariyaga oid qonun hujjatlarini qo‘pol ravishda buzgan”, — deyiladi xabarda.

Oqibatda X.D. u bilan doimiy muloqotda bo‘lgan turmush o‘rtog‘i va boshqa qarindoshlari, o‘zi davolagan bemor va hamkasblaridan 11 nafariga, ular orqali yana 23 kishiga COVID-19 infeksiyasi yuqishiga sabab bo‘lgan.

Xabar berishlaricha, X.D.ga nisbatan 12-may kuni Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1-qismi (sanitariyaga oid qonun hujjatlarni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalari buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etishlaricha, X.D. orqali kasallik yuqtirgan jami 34 kishining bari karantinga olingan, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

Avvalroq Samarqand shahrida 13-maydan karantin qoidalari kuchaytirilgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 13-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 2568 nafarga yetdi; o‘tgan davr mobaynida 10 nafar bemor infeksiya asoratlari oqibatida vafot etdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:531 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:18
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь