• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Noyabr » 23 » Koreyada Shavkat Mirziyoyev haqida kitob chop etildi
10:30
Koreyada Shavkat Mirziyoyev haqida kitob chop etildi

Xabaringiz bor, ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya Respublikasiga davlat tashrifini amalga oshirmoqda. 

Koreya Respublikasida Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimidagi faoliyatining birinchi yili haqida koreys tilida "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev” nomli kitob 50 ming nusxada chop etildi. Bu haqda O‘zA yozmoqda. 

Joriy yil 20 noyabr kuni nashr etilgan ushbu kitob 8 bo‘lim, 320 sahifadan iborat bo‘lib, ko‘plab suratlar bilan boyitilgan. 

Nashrda Shavkat Mirziyoyevning avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, so‘ng Prezident sifatidagi faoliyati haqida batafsil ma'lumot berilgan. O‘zbekiston rahbarining mamlakat va xorijda so‘zlagan nutqlari, jumladan, Prezident lavozimiga kirishish marosimi, Konstitutsiya bayrami, Yangi yil bayrami, BMT Bosh assambleyasi sessiyasidagi nutqidan iqtiboslar keltirilgan. 

Kitobda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barcha sohalarda boshlangan juda muhim islohotlar tahliliga katta e'tibor qaratilgan. Iqtisodiyotning liberallashuvi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va himoyalash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar, valyuta bozorini liberallashtirish, aholining ijtimoiy himoyasi, viloyatlarga nisbatan yangi siyosat, so‘z erkinligi va konstitutsiyaviy huquq tamoyillarini himoya qilish, bularning barchasi Prezident Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan yangi islohotlarning dastlabki natijalaridir. 

Kitobning "2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” nomli bobida ushbu dastur chuqur tahlil qilgan. 

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosatdagi mintaqaviy hamkorlikning yangi sur'atiga turtki bo‘lgan, O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan aloqalarini yangi bosqichga olib chiqqan tashabbuslari haqida so‘z yuritilgan. O‘tgan bir yil davomida Prezident Shavkat Mirziyoyevning xorijiy davlatlarga tashrifi, O‘zbekistonga tashrif buyurgan bir necha davlat rahbarlari hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar yetakchilari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralari haqida atroflicha ma'lumot berilgan. 

Koreys millatiga mansub o‘zbekistonliklarning mamlakatda istiqomat qilayotganiga 80 yil to‘ldi va bu sana O‘zbekistonda keng nishonlandi. Kitobda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi ko‘p yillik savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikka ham keng o‘rin ajratilgan. 

Kitob "Uz Kor Economy Media Group” tomonidan chop etilgan. Uning muallifi mashhur jurnalist va yozuvchi Cho Chol Xyon. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:1835 | Добавил: Admin | Теги: Koreyada Shavkat Mirziyoyev haqida | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:52
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Noyabr 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930