• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 8 » Kontraktda o‘qiydigan talabalar bilan stipendiya qayta hisob-kitob qilinmasligiga izoh berildi
13:31
Kontraktda o‘qiydigan talabalar bilan stipendiya qayta hisob-kitob qilinmasligiga izoh berildi

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 31-yanvardagi qaroriga asosan, ta’limning davlat grantida o‘qib, semestrni "4” va "5” bahoga yopgan talabalarga davlat budjeti hisobidan 2019-yil sentabr—dekabr oylari va 2020-yil yanvar oyidagi qolgan stipendiya puli qaytariladi. Ammo mazkur tartib to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalarga qo‘llanmaydi, ya’ni kontraktda tahsil olayotganlar bilan stipendiya qayta hisob-kitob qilinmaydi. Bu haqda 7-fevral kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi,

"Keng bahs-munozaralarni keltirib chiqarayotgan ushbu jihat sababini tushuntirib bersam. Xabaringiz bor, kontrakt miqdorining stipendiyali va stipendiyasiz tartibini belgiladik. Talaba to‘lov uchun 400 ming so‘mdan berdi. 2019-yil sentabrga qadar faqat stipendiyali shartnoma to‘lovi bo‘lgan va buning qiymati "4” bahoning puli edi (564 ming 200 so‘m). Keyin bu qiymat tushirilib, 400 ming so‘m qilindi. Shuning uchun talaba 2019-yil sentabrdan 2020-yil yanvar oyigacha bo‘lgan muddatda o‘zi to‘lagan shartnoma puliga mos ravishda stipendiya olgan. Shu tufayli to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalarga stipendiya qayta hisob-kitob qilib berilmaydi. Talabalar bu haqida ogohlantirilgan va barchasi shartnomada qayd etilgan.


Budjet asosida o‘qiyotgan talabalarga stipendiya qayta hisob-kitob qilinishining sababi — ular davlat hisobidan ta’lim olyapti va shu bois ham hukumat ularga qolgan stipendiyani to‘lab beradi”, — dedi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvar Buzrukxonov.

Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistondagi OTMlarda tahsil olayotgan umumiy 278 885 nafar talabaning 7,5 foizi "5” bahoga (20 916 nafar), 30,4 foizi "4” bahoga (84 781 nafar), 62,1 foizi esa "3” bahoga (173 ming 188 nafar) o‘qiydi.

To‘lov-kontrakt shaklida o‘qiyotgan jami talabalar (bakalavr va magistratura)ning 29,8 foizi (83 001 nafari) stipendiyali, 70,2 foizi esa (195 884 nafar) stipendiyasiz kontrakt to‘lovini amalga oshirdi.

Avvalroq "budjetchi talabalar”ga hukumat tomonidan qaytariladigan besh oylik stipendiya miqdori ma’lum bo‘lgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:485 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:17
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829