• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 17 » Ko‘p viloyat va shaharlarni yopishga majbur bo‘lamiz – Prezident karantin masalasida ogohlantirdi
09:21
Ko‘p viloyat va shaharlarni yopishga majbur bo‘lamiz – Prezident karantin masalasida ogohlantirdi

O‘zbekistonda karantin normalariga bir karra emas, o‘n karra amal qilinmasa va koronavirus bemorlari soni ortib borsa, qator viloyatlarda ko‘plab shaharlarni yopishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishi vaqtida aytib o‘tdi. 

"Biz iqtisodiyotni inobatga olib, karantinni yumshatyapmiz. Shu bilan birgalikda karantin normalariga kelishganimizdek, bir karra emas, o‘n karra e’tibor kerak. Men birinchi kundan karantin sharoitida yashash va ishlashga o‘rganishimiz kerak deb aytganman. Lekin agar shunday davom etaversa, ko‘p viloyatlar va shaharlarni yopishga majbur bo‘lamiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shundan so‘ng, Prezident viloyat rahbarlari va Toshkent shahar hokimi aholi xavfsizligini ta’minlab, iqtisodiyotni tiklash va odamlarni ish bilan band qilish bo‘yicha taklif kiritishi kerakligini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, yig‘ilish davomida Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida so‘nggi ikki haftada aholi orasida 482 ta holatda koronavirus aniqlanganini va ularning 57 tasida virusni yuqtirish manbasi noma’lum ekanini qayd etdi.

Bundan tashqari, virusning yengil shakliga chalingan va kasallik alomatlarsiz kechayotgan bemorlarni uyda davolash amaliyotini yo‘lga qo‘yish kerakligi ta’kidlandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:473 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:01:44
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь