• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Iyun » 23 » “Ko‘ngilochar tadbirlarni ko‘paytirib yuboryapmiz”. O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanish ortayotganining sabablari aytildi
22:21
“Ko‘ngilochar tadbirlarni ko‘paytirib yuboryapmiz”. O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanish ortayotganining sabablari aytildi

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva 23-iyun kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanish ko‘payib ketayotganining sabablariga to‘xtalib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, buning bir necha sabablari bor.

"Aholi orasida niqoblar taqilmay qo‘yilgani — bu infeksiyani odamdan odamga yuqish uchun juda qulay sharoit, ya’ni hozir kunlar issiq, havo quruq — virusning havoda harakatlanishiga to‘sqinlik yo‘q va u bemalol insonlarning yuz va qo‘l terisiga yoki ko‘z shilliq qavatiga, burundan nafas olamiz — havodagi virus burun shilliq qavvatiga yoki tomoqqa tushadi hamda hujayra ichiga kirib, kasallik chaqirishga imkoniyat qidiradi.

Qo‘llarni sovunlab yuvmay qo‘ydik yoki spirtli antiseptiklardan foydalanmay qo‘ydik — bu esa qo‘l terisiga tushgan virusning tozalanmasligiga sabab bo‘ladi, qo‘llar ko‘z, burun yo og‘izga tekkizilganda virus organizmga tushadi, natijada bu kasallik chaqirishni yanada kuchaytiradi;

Ijtimoiy masofani saqlamay qo‘ydik — ya’ni juda ko‘p to‘y-hashamlar, tug‘ilgan kunlar va odamlar to‘planishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilochar tadbirlarni ko‘paytirib yubormoqdamiz. Bu kabi ko‘ngilochar tadbirlarda:

bir oila a’zolaridan tashqari bir necha oilalar va odamlar soni 30 dan ortib ketmoqda;
tadbirlar yopiq joylarda, umumiy sig‘imdan 50 foizdan ortiq odamlar ishtiroki kuzatilmoqda, ya’ni agar 100 kishilik to‘yxonada tadbir bo‘lsa, talab bo‘yicha 50 kishidan ortmasligi kerak, lekin bugungi kunda to‘y-hashamlarda 100-150 tadan odam ishtirok etmoqda;
bunday ko‘ngilochar tadbirlarga hech kim oldindan PZR-testini topshirmaydi va kelayotgan mehmonlardan test natijasi so‘ralmaydi;
kelayotgan mehmonlarning tana harorati o‘lchanmaydi;
niqoblar taqilmaydi va spirtli antiseptiklar bilan tez-tez qo‘llar ishlov berilmaydi.
Axir biz to‘y-hashamlarga ko‘ngil ochish uchun boramiz, unda ovqatlanish kerak, bunda uzoq davom etuvchi suhbatlar va muloqotlar bo‘ladi. Bularning hammasi koronavirus tarqalishiga katta zamin yaratmoqda”, — degan u.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda kunlik kasallanish holatlari soni yana ortib bormoqda. Oxirgi 4 kun ichida 3 marta kunlik kasallanishlar soni 400 tadan oshdi. 22-iyunda 419 kishida, 21-iyunda 395 kishida, 20-iyunda 427 kishida va 19-iyunda 415 kishida COVID-19 qayd etildi.

Kasallikka chalinish holatlari ko‘payishi ortidan O‘zbekistonda bir qator cheklovlar joriy etildi. Jumladan, jamoat transportiga niqobsiz chiqish taqiqlandi, sanatoriy, pansionat va bolalar oromgohlariga borish uchun PZR-test tahlili talab etilmoqda, Afg‘oniston bilan chegara yopildi. Shuningdek, koronavirusga qarshi emlanuvchilar guruhi kengaytirilib, 50 yosh va undan kattalar hamda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari bepul vaksina olishi mumkin bo‘ldi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:376 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:55
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь