• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 11 » Kiyevda koronavirus sababli 12-martdan boshlab ommaviy tadbirlar taqiqlanadi, maktablar yopiladi
18:56
Kiyevda koronavirus sababli 12-martdan boshlab ommaviy tadbirlar taqiqlanadi, maktablar yopiladi

Ukraina poytaxti Kiyev shahrida koronavirusga qarshi choralar va cheklovlar rejasi tasdiqlandi. Bu haqda "RBK Ukraina” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Kiyevda 12-martdan boshlab koronavirus bo‘yicha karantin joriy etiladi. Shu sababli ommaviy tadbirlar taqiqlanadi va maktablar yopiladi.

Kiyev meri Vitaliy Klichkoning ta’kidlashicha, shaharda koronavirus bo‘yicha birorta ham holat qayd etilmagan.

"Koronavirusning ehtimoliy tarqalishining oldini olish uchun poytaxt hokimiyati epidemiyaga qarshi choralar va cheklovlar rejasini tasdiqladi. Kiyevda koronavirus bilan bog‘liq holatlar hali qayd etilmagan bo‘lsa ham, biz kutmaslikka va shahar aholisini himoya qilishga qaror qildik. 12-martdan boshlab Kiyevda profilaktika choralarini joriy qilamiz”, — dedi Klichko.

Xususan, umumiy va oliy ta’lim muassasalarida, bolalar bog‘chalarida, san’at, sport maktablarida o‘quv jarayoni vaqtincha cheklanadi.

Shuningdek, Kiyevda ommaviy tadbirlar o‘tkazish cheklanadi. Bu konsertlar, konferensiyalar, film namoyishlari va boshqa tadbirlarga ham tegishli bo‘ladi. Savdo va ko‘ngilochar markazlar yopiladi.

Avvalroq Kiyev rasmiylari shaharda koronavirus qayd etilsa va u ommaviy tus olsa, maktablar va metro yopilishi mumkinligini aytgan.

Ayni paytda Ukrainada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha bitta holat rasman tasdiqlangan. 2020-yilning 3-mart kuni Italiyaga safar qilgan erkakda virus aniqlandi. 10-mart holatiga ko‘ra, uning ahvoli barqaror.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning koronavirus tarqalish markazida karantin qisman yengillashtirildi. Gruziyada birinchi bor o‘smir yigitda koronavirus aniqlandi. Turkiyada ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat qayd etildi. Google esa o‘z xodimlariga uydan ishlashni tavsiya qildi. Nyu-Yorkda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan xalqaro avtoshou koronavirus sabab avgust oyiga qoldirildi. Amerikada koronavirus bo‘yicha biznes-konferensiya koronavirus sababli qoldirildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:532 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:53
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031