• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 26 » Kim Chen Inning o‘lim yoqasiga kelish sababi ma’lum bo‘ldi
13:10
Kim Chen Inning o‘lim yoqasiga kelish sababi ma’lum bo‘ldi

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Davlat kengashi raisi Kim Chen Inning salomatligi bilan bog‘liq vaziyat mavhumligicha qolmoqda. 

Gonkongda joylashgan HKSTV sun’iy yo‘ldosh radioeshittirish kompaniyasi vitse-prezidenti Kim Chen Inning vafoti haqida xabar qilgan edi. 

KXDR davlat radiosi esa mamlakat fuqarolariga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning o‘limi haqidagi mish-mishlarga qaramay uning faoliyatini davom ettirayotganini  ma’lum qildi.

Hozirga kelib, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning "vegetativ” holatga tushish sababi ochiqlandi. Unga ko‘ra KXDR yetakchisining 
yuragini operatsiya qilgan shifokor amaliyotni vaqtida yakunlashga ulgurmagan. Bu haqda "Shukan Gendai” yapon nashri Xitoy tibbiyot 
doiralariga tayanib xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, KXDR rahbari mamlakat bo‘ylab navbatdagi tur davomida o‘zini yomon his qilgan va uni yaqin oradagi shifoxonaga olib 
borishgan. Bir vaqtning o‘zida Xitoydan malakali mutaxassislar guruhini yuborish so‘ralgan. Xitoyda 50 kishidan iborat guruh va kerakli tibbiy uskunalar tayyorlanib, Shimoliy Koreyaga yuborilgan. 

Kim Chen Inning ahvoli shu qadar tahlikali bo‘lganki, KXDR sog‘liqni saqlash sohasi vakillari Xitoydan guruh kelguncha kutish halokatli bo‘lishi mumkinligini aytib, uning yurak qon tomirlarini stentlashni mahalliy shifokorga ishonishgan. Aytilishicha, bu murakkab operatsiya bo‘lmagan va 1-2 daqiqa davom etishi kerak bo‘lgan.

Ammo operatsiya vaqtida jarroh shu qadar hayajonlanganki, uning qo‘llari qaltiragan. Bundan tashqari, uning semiz bemorlar bilan bunday operatsiyalarda tajribasi bo‘lmagan. Natijada unga operatsiya uchun taxminan 8 daqiqa kerak bo‘lgan. Bu vaqtda KXDR yetakchisi "vegetativ” holatga tushib qolgan.

Avvalroq,  Gonkongda joylashgan HKSTV sun’iy yo‘ldosh radioeshittirish kompaniyasi vitse-prezidenti Sin Fen o‘zining Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Kim Chen Inning vafoti haqida xabar bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ma’lumot KXDRdagi "ishonchli” manba tomonidan tasdiqlangan.

Shuningdek, Kim Chen In koronavirus yuqtirib olish xavfi sabab Pxenyanni tark etgan va hozirda Yapon dengizining Sharqiy-Koreys bo‘g‘ozidagivillasida bo‘lib turibdi. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:586 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:09
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь