• Xavfli Cho'qqi - O'zbek Tilida
  • Qora Niqob - O'zbek Tilida
  • Sukunat Azobi - O'zbek Tilida
  • Mellori - O'zbek Tilida
  • Vulqon - O'zbek Tilida
  • Viking Bo'ri - O'zbek Tilida
  • Qora Belbog' - O'zbek Tilida
  • Lochin Ovi - O'zbek Tilida
  • Bunraku - O'zbek Tilida
  • G'aroyib Samuraylar - O'zbek Tilida
  • Vahshiylar - O'zbek Tilida
  • Tuman - O'zbek Tilida
  • Qonli Olmos - O'zbek Tilida
  • Ko'cha Jangchisi - O'zbek Tilida
  • Katta Aka - O'zbek Tilida
  • O'tmishning Arvohlari - O'zbek Tilida
  • Halokat - O'zbek Tilida
  • Ilonlar Hujumi - O'zbek Tilida
  • Ajdarho Yo'li - O'zbek Tilida
  • Qor Bo'roni - O'zbek Tilida
Клип премьера
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1339
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 20
Гостей: 20
Пользователи 0

Шохида
Admin555555
Admin55555
Dagees
arzuwjan05
Vaziyatga12345
logiskylogina
Shaxijon_2001
Samuray192919
Arsenbek
Главная » 2023 » Mart » 7 » Kianu Rivz har doim Rosomaxa obrazini gavdalantirishni orzu qilgani haqida so‘zlab berdi
22:24
Kianu Rivz har doim Rosomaxa obrazini gavdalantirishni orzu qilgani haqida so‘zlab berdi

Gollivud aktyori Kianu Rivz Reddit platformasi orqali muxlislarini qiziqtirgan savollariga javob berdi. Quyida aktyorning eng qiziqarli savollarga javoblari keltiriladi.

Kianu Rivzning aytishicha, uning ijodida rad etgan va keyinchalik bundan afsuslangan rollari bo‘lmagan. Aktyor har doim Marvel kino olamidagi Rosomaxa super qahramonini gavdalantirishni xohlagan.
Aktyor hech qachon suratga olish maydonchasidagi narsalarni o‘g‘irlamagan. Biroq u "Jon Uik”dagi nikoh uzugi va soatni, "47 Ronin” loyihasidagi qilichni va "Matritsa” franshizasining mualliflari opa-singil Vachovski tomonidan taqdim etilgan birinchi qizil tabletkani olgan.
Rivz Jeyms Gann "Konstantin” filmining ikkinchi qismini suratga oladi, deb umid qilmoqda.
Aktyor boqqan birinchi hayvon Morkovka laqabli dengiz cho‘chqasi bo‘lgan. "O‘sha paytda besh yoki olti yoshda edim. Morkovka juda yoqimtoy bo‘lgan”, — deydi aktyor.
Shuningdek, Rivz o‘zga sayyoraliklar bilan gaplashsa, o‘zini baxtli his qilishini aytgan. "Men ulardan Yerga parvozlari qanday o‘tganini so‘rardim va ularga ichimlik ichishni taklif qilardim”, — deydi aktyor.
Rivz yaqinda Kormak Makkartining "Yo‘lovchi” kitobini o‘qib tugatgan va o‘z muxlislariga ham ushbu romanni tavsiya qildi.
Aktyor rejissor Devid Fincher ("Ajdarho tatuirovkali qiz”, "Yetti”, "Jang klubi”, "G‘oyib bo‘lgan”) bilan ishlash niyati borligini ma’lum qildi.
Rivz bolaligida poyga mashinasi haydovchisi, konduktor yoki astrofizik bo‘lishni orzu qilgan. U hozirda kinolarda suratga tushmaganida, musiqani o‘rgangan bo‘lishini aytgan.
Aktyor o‘zi suratga tushgan filmlardan birining nomini eslay olmadi. Uning sevimli loyihalari orasida "Daryo bo‘yida”, "Bill va Tedning aql bovar qilmas sarguzashtlari”, "Matritsa” trilogiyasi, "Iblisning advokati”, "Mening shaxsiy shtatim Aydaho”, "Jon Uik” kinokartinalari bor.
Rivz, shuningdek, nimalardan zavqlanishini aytib o‘tdi. "Menga mototsikl, yozuv mashinkasi, yapon viskisi, musiqiy guruhda o‘ynash, o‘rganish, kitob o‘qish va yaxshi qizil sharob yoqadi”, — deydi aktyor.
Aktyorning bolaligini eslatuvchi eng sevimli taomlari — pirog, pishloqli makaron,  yeryong‘oq yog‘i va asal hisoblanadi.
Rivz myuziklda bo‘lishni juda xohlagan, biroq u qo‘shiq ayta olmagani uchun kimdir uni taklif qilishiga shubha qilgan.
Aktyor bolaligida uyida arvoh ko‘rganiga ishonadi. Aktyorning nazarida, enagasi ham u bilan bir vaqtda bu arvohni payqagandek tuyulgan.
Kianu Rivz "Jon Uik-4” premyerasi oldidan savol-javob o‘tkazdi. Jangovar filmning suratga olish jarayonlarida Rivzni Gollivud murabbiyi Patrik Merfi tayyorlagan.  
Категория: Har-Hil | Просмотров:87 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:39
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031