• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 14 » Keyingi pandemiya qaysi bo'lishi mumkinligi ma’lum qilindi
20:53
Keyingi pandemiya qaysi bo'lishi mumkinligi ma’lum qilindi

Amazoniyaning yomg‘irli o‘rmonlarida yashovchi hayvonlarni zararlaydigan virus odamga yuqqanidan keyin navbatdagi pandemiya boshlanishi mumkin. Bu haqda braziliyalik ekolog David Lapola AFP’ga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jungli o‘rmonlarini kesgan sari odamlar yovvoyi o‘rmonlarga tobora chuqurroq kirib bormoqda, bu esa virusning odamga yuqish xavfini oshiradi.

"Amazoniya — viruslarning ulkan manbai. Yaxshisi, biz u yerda omadimizni sinab ko‘rmaganimiz ma’qul”, — deya ogohlantirgan Lapola.

Uning aytishicha, Braziliya, Peru, Kolumbiya, Venesuela, Ekvador, Boliviya, Gayana, Surinama va Fransuz Gvianasi hududlarining ma’lum qismlarini o‘z ichiga oladigan Amazoniya mintaqasi o‘rmonlarini vahshiylarcha kesishda davom etish hayvonlardan odamlarga yuqadigan viruslarning tarqalishiga olib kelishi mumkin. Shu kunga qadar bunday holatlar, asosan, Afrika va Janubiy Osiyoda qayd etilgan.

Asosiy talqinga ko‘ra, ularning eng so‘nggisi COVID-19 koronavirus infeksiyasining pandemiyasi bo‘ldi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, SARS-CoV-2 virusi odamlarga hayvonlardan o‘tgan, biroq aynan qanday hayvondan o‘tgani hozircha noma’lum. Virusning ehtimoliy tashuvchisi sifatida ko‘rshapalaklar, pangolinlar va boshqa hayvonlar ko‘rsatildi.

Lapolaning ogohlantirishicha, Amazoniya o‘zining ulkan biologik xilma-xilligi bilan yangi virusli infeksiyalarning eng yirik manbaiga aylanishi mumkin.

Uning qayd etishicha, bu Amazoniyadan hozirgidek noratsional foydalanmaslik uchun yana bir sabab hisoblanadi. Ekologning so‘zlariga ko‘ra, Amazoniyani xo‘jalik uchun o‘zlashtirish prinsiplarini qayta ko‘rib chiqish kerak, aks holda dunyoga kasalliklar to‘lqinlari xavf soladi, ularning oqibatlarini esa oldindan aytib bo‘lmaydi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 4,3 million kishidan oshdi, qariyb 300 ming kishi kasallik oqibatida vafot etdi. Avvalroq Moody’s agentligi COVID-19 tarqalishini "ispan grippi” pandemiyasi bilan taqqoslagan. Mazkur pandemiyadan 1918—1919-yillarda 500 million odam zararlangan, uning qurbonlari soni 50-100 million kishi deb baholanadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:553 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:21
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь