• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1877
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 3 » Katta adron kollayderida fanga noma’lum yangi zarra kashf etildi
18:10
Katta adron kollayderida fanga noma’lum yangi zarra kashf etildi

Yevropa yadroviy tadqiqotlar markazi (CERN) tasarrufidagi Katta adron kollayderining detektorlaridan biri fanga noma’lum bo‘lgan yangi turdagi zarrachani kashf etgani xabar qilinmoqda. 1-iyul kuni naked-sciense.ru saytida e’lon qilingan maqolaning tarjimasini taqdim etadi.

Fiziklar taxminiga ko‘ra, ushbu aniqlangan yangi turdagi zarracha hozircha fanga noma’lum bo‘lgan zarrachalar turkumining birinchi vakili bo‘lishi mumkin. U to‘rtta maftun kvarkdan iborat ekani aniqlangan. Birinchi bora duch kelinayotgan ushbu yangi turdagi zarracha haqida CERN tomonidan o‘tkazilgan seminarda ma’lum qilingan va bu haqidagi maqola arxivga ham joylangan. Ushbu zarracha zamonaviy fizikadagi markaziy masalalardan bo‘lmish – Koinotning Standart modelini bayon qiluvchi fundamental zarrachalarni, ya’ni kvarklarni yanada yaxshiroq tushunishga yordam berishi kutilmoqda.

Odatda, kvarklar ikkitadan (kvark-antikvark tarzida) yoki uchtadan birlashib, proton va neytronlarni hosil qiladi. Yirikroq zarrachalarni esa olimlar ekzotik zarrachalar deyishadi va shunga qaramay, fanda tetrakvarklar va pentakvarklar deb nomlanadigan bunday ekzotik zarrachalarning to‘rt yoki beshta kvarkdan iborat bo‘lishini anchadan buyon taxmin qilinadi. Katta adron kollayderida so‘nggi yillarda o‘tkazilgan tajribalar tabiatda shunday adronlarning mavjudligini tasdiqlamoqda. Koinotdagi to‘rt fundamental o‘zaro ta’sirlardan biri bo‘lmish kuchli yadroviy o‘zaro ta’sirlarni o‘rganish uchun bu turdagi zarrachalar ideal tarzda mos keladi.

"Biz yaqindagina aniqlagan zarracha aynan bir turdagi og‘ir kvarklardan: ikkita maftun kvark va antikvarklardan tashkil topgan birinchi zarrachadir”, – degan Katta adron kollayderi vakili Jovani Passaleva. Fikrining davomida u "hozirgacha Katta adron kollayderida va boshqa tajribalarda faqat maksimum ikkita og‘ir kvarkdan iborat tetrakvarklarni aniqlangan edi, ulardan birortasida aynan bir turdagi kvark ikkitadan ko‘p bo‘lmagan” – degan.

Shartli ravishda Tcccc deb nom olgan yangi turdagi tetrakvarklarni aniqlash maqsadida katta adron kollayderi jamoasi ularning ehtimoliy massasini hisoblab chiqdi va Katta adron kollayderida 2009–2013 yillarda hamda 2015–2018 yillarda olingan ma’lumotlarni tahlil qildi. Natijada, 6 900 va 6 400–6 600 megaelektronvolt diapazonlaridagi ikkita energiya sakrashlarini qayd qilindi. Olingan natijalarni o‘rganish asnosida olimlar 6 200–6 700 megaelektronvolt diapazonida beshtadan ortiq standart og‘ishlarni aniqlashgan.

Yangi turdagi zarracha kashf qilinganini tasdiqlash uchun bu natija kifoya qiladi, boz ustiga, o‘sha sakrashlardagi massa Tccccning hisob-kitoblardagi ehtimoliy massasiga mos keladi. Olimlar bu haqida "Bu – noyob zarracha ekzotik adron, u oddiy materiya zarralaridagi singari ikki yoki uch kvarkdan emas, balki to‘rt kvarkdan iborat bo‘lib, og‘ir kvarklardan tashkil topgan dastlabki zarrachadir”, – deyishmoqda.

Yangi zarrachaning "haqiqiy tetrakvarkmi”, ya’ni zich bog‘langan to‘rtta kvarkdan iboratmi yoki ikkita oddiy juftlikdan iboratmi – bunisi hozircha noma’lum. Nima bo‘lganda ham ushbu yangi zarracha nazariyotchilarga zarrachalarning kuchli o‘zaro ta’sirlarini bayon qiluvchi kvant xromodinamikasi modellarini sinab ko‘rish imkonini beradi. Kashfiyot mualliflari bu boradagi tadqiqotlarni 2021-yilda, ya’ni kollayder navbatdagi marta ishga tushirilganida davom ettirmoqchi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:445 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:02:31
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031