• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 20
Гостей: 20
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Oktyabr » 22 » Kartoshkaning 15 shifobaxsh xususiyati
15:12
Kartoshkaning 15 shifobaxsh xususiyati

Kartoshka — ikkinchi non degan gap bor. Chindan ham, to‘yimlilik va foydalilik jihatdan u juda benazir mahsulot. Kartoshkaning 20-25 foizi uglevodlar (kraxmal), 2 foizi oqsillar va 0,3 foizi yog‘lardan tarkib topgan. Tarkibida ko‘p miqdorda kaliy (100 gr. xom kartoshkada 568 mg), fosfor (50 mg), kaltsiy va temir moddalari, shuningdek, S, V, V2, V6, V RR, D, K, Ye vitaminlari, foliy kislotasi, karotin va organik moddalar mavjud.

Foydali xususiyatlari

Tarkibida kaliy ko‘p bo‘lgani uchun kartoshka organizmdan ortiqcha tuz va suvni haydaydi, bu esa modda almashinuvini yaxshilaydi. Ayni sababga ko‘ra, kartoshka parhez payti juda foydali, faqat me'yorni unutmaslik lozim. Chunki juda kaloriyali mahsulot bo‘lgani uchun semizlikka moyil odamlarga uni kamroq yeyish tavsiya etiladi.
Terida allergiya sababli paydo bo‘lgan dog‘lar, kuyish jarohatlari, mayda tomirlar yorilishi oqibatida yuzaga kelgan ko‘karishlarni bartaraf etish uchun o‘sha joyni har kuni xom kartoshka bo‘lagi bilan artish tavsiya etiladi.
Kartoshkali niqob teridagi charchoqni bartaraf etadi. Qaynatib pishirilgan kartoshkani yaxshilab ezib, quyuq bo‘tqa holiga keltirasiz. Ozgina sut va bitta tuxum sarig‘i qo‘shasiz. Aralashtirib, iliq holda yuzga surtasiz va ustida qalinroq mato yopib, 20 daqiqa tepaga qarab yotasiz. Avval iliq, keyin qaynatib sovutilgan suv bilan yuvib tashlaysiz. Bu niqob terini oziqlantirib, ajinlarni yo‘qotadi, yuzingizni tarang va silliq qiladi.
Kartoshka sharbatini sabzi, selderey ildizi sharbatlariga qo‘shib iste'mol qilsangiz, ovqat hazm qilish yaxshilanadi va asabiy taranglik yo‘qoladi.
Agar go‘sht va baliq mahsulotlarini taomnomangizdan chiqarib tashlab, har kuni kartoshka, sabzi, bodring va lavlagi sharbatidan umumiy hisobda 500 ml miqdorida suv bilan aralashtirgan holda iste'mol qilsangiz, ozish uchun tutgan parhezingiz tezroq samara beradi.
Yurak faoliyati izdan chiqqanda kuniga uch mahal och qoringa 100 ml kartoshka sharbatini iste'mol qilsangiz (uch hafta davomida), so‘ng 1 hafta tanaffus qilib, yana shu davolash kursini takrorlasangiz, ko‘rmagandek bo‘lib ketasiz.
Ich qotganda ertalab och qoringa 1 stakan xom kartoshka sharbati ichish foydali. Keyin yarim soat o‘rinda qimirlamay yotasiz. Bir soatdan so‘ng nonushta qilsa bo‘ladi. Muolajani 10 kun ketma-ket takrorlasangiz, ich qotishi barham topadi.
Agar har kuni iliq kartoshka qaynatmasiga 5 daqiqa davomida qo‘llaringizni solib tursangiz, terisi silliq va mayin bo‘ladi. Tirnoqlaringiz ham mustahkamlanadi.
Har kuni quyuq kartoshka qaynatmasidan ichib turish orqali eng kuchli zamburug‘li kasalliklarni ham yengish mumkin.
Bronxit xuruj qilganda kartoshkani po‘sti bilan qaynatib olib, archib, ezib, 1 osh qoshiq o‘simlik moyi va 2-3 tomchi yod qo‘shasiz. Aralashmani matoga yoyib, iliq holda ko‘krak qafasiga qo‘yasiz. 20 daqiqaga junko‘rpa bilan o‘rab qo‘yasiz. Buni faqat tungi uyqudan oldin qilish kerak.
Qon bosimi oshganda gaz pechida pishirilgan kartoshkani po‘sti bilan yeyish kerak.
Bavosil (gemorroy)da xom kartoshkani qirg‘ichdan chiqarib, sharbati olinadi. Tungi uyqudan oldin kichkina tibbiy purkagich (sprinsovka) yordamida huqna qilinadi. Muolajani 10 kun takrorlash kerak. Yoki xom kartoshkadan kichkina shamcha o‘yib olib, tungi uyqudan oldin orqa teshikka qo‘yish ham yaxshi foyda beradi.
Kamqonlik va bo‘qoqda yangi siqib olingan kartoshka sharbatidan kuniga 2-3 marta ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin yarim stakandan ichish tavsiya etiladi. Davolash 2-3 hafta davom etadi.
So‘gallarni yo‘qotish uchun xom kartoshkani kesib, kesilgan tomoni bilan so‘gal ishqalanadi. Yiringli yaralarni tezroq tuzatish uchun esa xom kartoshkani qirg‘ichdan chiqarib surtiladi. Muolajani har 3 soatda takrorlash darkor.
Oshqozon va 12 barmoq ichak yarasida tozalangan kartoshkani sirlangan idishda tuzsiz suvda qaynatiladi. Qaynatmani har kuni 3 mahal yarim stakan-bir stakandan ichib turish kerak.
Ehtiyot bo‘ling!

Ko‘karib, gullay boshlagan eski kartoshka tarkibida zaharli solanin moddasi bor. Shu sababli bunday kartoshkaning po‘sti qalinroq artilishi kerak. Hyech qachon kartoshkani sirlanmagan yoki mis idishda pishirmang, aks holda u o‘z tarkibidagi S vitaminini ko‘p yo‘qotadi. Agar kartoshkani po‘sti bilan qaynatsangiz, S vitamini ko‘proq saqlanib qoladi.


Категория: Har-Hil | Просмотров:4485 | Добавил: Admin | Теги: Картошканинг 15 шифобахш хусусияти | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:53
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31