• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 23 » Karantindan qochgan buxorolikka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
15:12
Karantindan qochgan buxorolikka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Koronavirus yuqtirib olishda gumonlangan buxorolik fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Buxoro viloyat IIB axborot xizmati rahbari Quvvat Yarashov xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 19-mart kuni Moskva—Toshkent yo‘nalishidagi poyezd orqali O‘zbekistonga kelgan 30 yoshli fuqaro R.Sh. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan bojxona chegara postidagi tekshiruvda koronavirus kasalligiga chalinganlikda gumonlangan. Fuqaro zudlik bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi Bolalar markaziy kasalxonasining karantin bo‘limiga yotqizilgan.

Biroq R.Sh. tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramay, epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, o‘zboshimchalik bilan 21-mart kuni shifoxonadan qochib ketgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida fuqaro R.Sh. o‘zi tug‘ilib o‘sgan Shofirkon tumanida qo‘lga olingan. U karantinda saqlash uchun Shofirkon tuman markaziy kasalxonasining yuqumli kasalliklar bo‘limining maxsus xonasiga joylashtirilgan va ayni paytda alohida qo‘riqlov ostiga olingan.

Holat yuzasidan 21-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan R.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ushlangan.

Jinoyat ishi yuzasidan shu kunning o‘zida vazirlik huzuridagi Tergov departamenti tomonidan ish yurituvga olinib, tergov guruhi tuzilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish odamlarning ommaviy kasallanishiga olib kelsa, 11,1 million so‘mdan 22,3 million so‘mgacha miqdorda jarima solish yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish odamning o‘limiga sabab bo‘lsa, 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Agarda bir necha odamning o‘limiga sabab bo‘lsa, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi beriladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:526 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:52
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031