• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 25 » Karantin vaqtida pasport rejimini buzgan va transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazmagan fuqarolar jarimaga tortilmaydi
23:45
Karantin vaqtida pasport rejimini buzgan va transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazmagan fuqarolar jarimaga tortilmaydi

Ichki ishlar vazirligi tizimidagi Migratsiya va fuqarolik bo‘limlari hamda Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati 24-martdan boshlab karantin sababli fuqarolarni qabul qilishni to‘xtatdi. Bu davrda pasport rejimini buzgan va avtoransport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazmagan fuqarolar jarimaga tortilmaydi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Agentlik tomonidan ma’lum qilinishicha, ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikromov Ichki ishlar boshqarmalari boshliqlariga tavsiyalar yuborgan. Ularga ko‘ra, karantin davrida pasport rejimini buzganlik va transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazmaganlik uchun O‘zbekiston fuqarolari jarimaga tortilmaydi.

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari va Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati 24-martdan boshlab maxsus tavsiyalar kelmagunicha O‘zbekiston fuqarolarini, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni, shuningdek, yuridik shaxslarni qabul qilishni to‘xtatdi.

Ma’muriy amaliyot, ekspertizalar, transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va texnik ko‘rikdan o‘tkazish bilan bog‘liq ishlar vaqtincha to‘xtatildi.

Favqulodda holatlarda (pasport, ro‘yxatga olish, viza, ma’muriy amaliyot, imtihon olish, transport vositalarini davlat ro‘yxatidan va texnik ko‘rikdan o‘tkazish) fuqarolar alohida xonalarda sanitariya me’yorlariga rioya qilgan holda ichki ishlar organlari rahbarining ruxsati bilan qabul qilinadi.

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga 24-martdan keyin pasport olish, yashash huquqini olish, propiskani almashtirish, rasmiylashtirish, viza va yashash huquqini uzaytirish uchun murojaat qilishni rejalashtirgan, ammo qabul to‘xtatib qo‘yilgani sababli bu ishlarni qila olmagan shaxslar pasport tizimi qoidalarini buzgan deb hisoblanmaydi. Ularga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilmaydi.

Avtotransport vositalarini davlat ro‘yxatidan va texnik ko‘rikdan o‘tkazmagan, shuningdek, jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan haydovchilar vaqtincha jarimaga tortilmaydi.

Avvalroq Toshkent shahar IIBB va uning bo‘linmalari binolarida fuqarolar va yuridik shaxslarni qabul qilish vaqtincha to‘xtatilgani, notariuslar, Davlat xizmatlari markazlari va FHDYo idoralari 25-martdan onlayn ish rejimiga o‘tgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, O‘zbekiston hududida 2020-yil 24-martdan boshlab joriy etilgan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartibga muvofiq, jahon axborot tarmog‘i va telefon aloqasi uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli mazkur xizmatlarning ikki oy davomida o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:732 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:42
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031