• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 4 » Karantin sabab o‘quvchilar sinfda qoldirilishi mumkinmi?
16:33
Karantin sabab o‘quvchilar sinfda qoldirilishi mumkinmi?

O‘zbekistonda barcha maktablar koronavirusning keng yoyilishiga qarshi profilaktika maqsadida 16 martdan yopila boshladi. O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi raisi – Bosh vazir Abdulla Aripov ta’lim muassasalaridagi karantin ikki haftagacha davom etishi mumkinligini aytgandi.

Ayrim xorij davlatlarida koronavirus darajasi kamayishi bo‘yicha ijobiy ko‘rsatkichlar deyarli yo‘qligi tufayli karantin muddatini uzaytirmoqda. 
Bizda ham karantin davri muddati maxsus komissiya qarori bilan uzaytirilishi mumkin, degan gaplar ham yo‘q emas. Shu o‘rinda o‘quvchilarning ota-onalarida savol tug‘ilishi mumkin. Agar karantin davri uzoq muddatga cho‘ziladigan bo‘lsa, maktab o‘quvchilarining aynan o‘zi o‘qiyotgan sinfda qoldirilishi ham mumkinmi? Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Anvar Umarov savolga javob bericha.

"Avvalambor, karantin muddati cho‘zilmaydi, degan umiddamiz. Hozirda telekanallar orqali 4-chorak darslari o‘tkazilmoqda. Toshkent shahrida o‘quvchilar olgan bilimi Kundalik.com tizimi orqali baholab boriladi. Viloyatlarda aholining imkoniyatidan kelib chiqib telefon yoki messenjerlar yordamida baholanadi. Agar hukumat qarori bilan karantin muddati cho‘zilsa, albatta, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda buning chorasi ham ko‘riladi”, deydi Anvar Umarov. U shuningdek, OTMlarga imtihon topshirishi lozim bo‘lgan bitiruvchi sinf imtihonlari masalasiga ham alohida to‘xtaldi.

"Maktablarda bitiruvchi sinflar ham bor. Oliy ta’lim muassasalariga imtihon topshirishi uchun ularga bitirganlik haqida hujjat berilishi zarur. Buning uchun ular avval davlat imtihonlaridan o‘tishi kerak. Mazkur masalalarda vazirlik rahbariyati optimal yechim ustida izlanish olib bormoqda”.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 mart kuni O‘zbekistonda ilk bor koronavirus holati aniqlangani, bemor Fransiya Respublikasida bo‘lib qaytgan ayol kishi ekani aytildi. 18 mart kunidan e’tiboran koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va ta’lim muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktab o‘quvchilari uchun ta’til e’lon qilingani ma’lum qilingandi. 

Darslar telekanallar orqali o‘tilishi e’lon qilingandi. Hozirda televizion darslar milliy teleradiokompaniyaning 4 ta kanalida efirga uzatilishi rejalashtirilgan: 1-4-sinflar uchun "Yoshlar” telekanalida, 5-8-sinflar uchun "Oilaviy”, 9-11-sinflar uchun "Madaniyat va ma’rifat”, amaliy fanlar va 5 ta muhim tashabbus bilan bog‘liq mashg‘ulotlar "Dunyo bo‘ylab” telekanallari orqali efirga uzatilmoqda.
Hozirda O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 221 nafarni tashkil qilmoqda. Koronavirusga chalingan bemorlarning 13 nafari (jami 25 nafar)to‘liq tuzalgani haqida xabar bergan edik. Bemorlardan 2 nafari vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:548 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:49
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь