• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1973
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 167
Гостей: 167
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2018 » Fevral » 19 » Kaktus bargidagi sir (hikoya)
21:21
Kaktus bargidagi sir (hikoya)

Vaqt shunday shaf­qatsiz hakamki, u o‘tgan har bir daqiqani o‘t­mishga va xotiraga aylantirib ketaveradi. Hayot o‘zanida misoli cho‘kayotgan odam esa har bir qilgan xatosini tan olmasdan boshqa chora topolmaydi. Afsuski, o‘tib ketgan xatolarni qo‘lqopni almashtirgan kabi qaytadan o‘zgartirib bo‘lmaydi.

Ota uyidagi stol yonida o‘ychan turgan Trisdalning boshidan ayni chog‘da ana shunday xayollar kechardi. Uning oldidagi stol ustida esa barglari osmonga dadil bo‘y cho‘zib o‘sayotgan bir tuvak yam-yashil o‘simlik turardi. U kaktus turlaridan biri bo‘lib, nozik yaproqlari yengil esayotgan shabbodada nafis tebranar, chayqalayotgan barglari bilan go‘yo kishini o‘ziga chorlab, ishora berayotgandek bo‘lardi.

Trisdalning do‘sti — o‘sha kuni to‘yi bo‘layotgan kelinning akasi, xonadagi javon yonida bir o‘zi yolg‘iz ichayotganidan norozi bo‘lib, zorlangancha gapirayotgandi. Ammo Trisdalning qulog‘iga uning gaplari kirmasdi. Har ikkala erkak ham kechki bazm uchun yaxshilab yasanib olishgandi. Qimmatbaho kostyumlarining yaltiroq tugmalaridan chaqnayotgan nur nimqorong‘i xona bo‘ylab ajib shu'la taratardi.

Trisdal asta qo‘lqopining tugmalarini yecharkan, ayni damda ko‘z oldidan o‘tgan oxirgi kunlar lavhalari birma-bir, juda tez o‘ta boshladi. Go‘yo hozir ham dimog‘iga ibodatxona ichiga bezak sifatida ilingan turli xil gullarning muattar bo‘yi urilib turar, quloqlari ostida to‘yga yig‘ilgan ming­lab mehmonlarning shodon qichqiriqlari jaranglar, po‘rim liboslarning yengil shitirlashi va nihoyat, ruhoniyni uning sevgan mahbubasini o‘zga yigit bilan nikohlagan duosi tinmay sado berib turardi.

Bir dunyo adoqsiz hasratga botgancha o‘y surarkan, Trisdal sevgan qizini qanday qilib qo‘ldan boy bergani sababini hech topolmasdi. Murosasiz bir asosni qo‘pollik bilan tan olarkan, u o‘zining sirli va mag‘rur, anchagina dimog‘dor va olifta bo‘lganiga chin dildan o‘kinib ketdi. Mana endi o‘sha xudbinligi va takabburligi ortidan kelgan baxtsizlikni ko‘rib turibdi. Eh, nahotki endi Trisdalning dildori boshqaniki bo‘lib ketaversa?! Axir u doim g‘olib bo‘lgan edi-ku? Nega?..

Kelinchak ibodatxonaning bezatilgan yo‘lakchasidan shohona mehrob tomonga viqor bilan yurib borarkan, Trisdalning yurak-bag‘ri ku­yib, benihoya ezilib ketdi, u o‘ziga-o‘zi dalda beradigan kuch topa olmadi. Unga avvaliga qizning chehrasi biroz so‘lg‘inday, jindek ma'yusday bo‘lib ko‘rindi, u qaylig‘iga negadir sovuq qarayotganday tuyuldi. Lekin Trisdalning ko‘zlari aldayotgan edi. U kelinchakning bo‘lajak eriga mehr bilan, samimiyat bilan jilmayib boqayotganiga ko‘zi tushdi-yu, o‘zini tamomila unutilganini tushunib yetdi. Bir payt qizning Trisdalga tushib qolgan nigohi ham bu fikr­ni tasdiqlab qo‘ydi. Chindanam Trisdalning o‘ziga bino qo‘yishi orzularini barbod etdi, uning so‘nggi tirgagi — ardoqli muhabbati barham topgan edi. Lekin Trisdal munosabatlarining nega ana shunday yakun topganiga hanuz bir yechim topolmasdi. Nega bunday bo‘ldi axir? Na bir janjal va na bir tortishuv, g‘alva... Birdan hammasi tugadi-qo‘ydi. Qalbi vayron bo‘lgan yigit o‘z yog‘iga qovurilgancha oxirgi kunlardagi voqyealarni ko‘z oldiga keltirar, sira ularga tayinli javobni topa olmasdi.

Qiz hamisha Trisdalga nihoyatda iltifotli edi, unga shohona mulozamat ko‘rsatar, hurmatini joyiga qo‘yardi. Yigitning qoshida shunaqangi latif qiliqlar qilar ediki, Trisdalning mag‘rur qarashlari qizning bolalarcha sodda, itoatgo‘y chehrasidan zumda erib ketardi. Trisdal hamma vaqt eng yuqori sifatlar hamda afzalliklar bilan tilga olinar, yuqori baholanar, xuddi suvsagan qaqroq cho‘lga yoqqan yomg‘irdan so‘ng tuyqus ochilgan bir dona gulday tengsiz qadrlanardi.

Qo‘lqopining oxirgi tugmalarini bo‘shatayotgan paytda Trisdalning avvalgi xudbinligi va kechikkan motamsaro kibru havosi shu chog‘da yana unga qaytib keldi. So‘nggi tundagi uchrashuv yigitning xayolida jonlanarkan, uning haqiqatdan ham boshi qotib qoldi. Shu bilan birga, qizning o‘sha oqshomgi mayin nigohlari, sochlarining yengil mavj­lanishi, ko‘zlaridagi yumshoq va bokira joziba Trisdalning ko‘nglini yana-da jo‘shdirib yubordi. Uning so‘zlari yigitning quloqlari ostida hamon jaranglab turardi. Qiz unga shunday gaplarni aytgandi o‘shanda:

"Darvoqye, men bitta gap eshitgandim. Kapitan Karuzersning aytishicha, siz ispan tilida xuddi ispanlardek so‘zlay olarmishsiz. Nega shunday noyob iste'dodingizni mendan yashirdingiz? Xo‘sh, mendan berkitgan yana qanday qirralaringiz bor?”

Yo tavba, bu Karuzers jinni-pinni bo‘lib qolmaganmi mabodo? Shubhasiz, u Trisdalni g‘irt aybdor qilib qo‘ygandi, axir Trisdalning chet tillarini u qadar yaxshi bilmasligi, har doim lug‘atdan foydalanishini u binoyidek bilardi, shekilli?! O‘sha Karuzers Trisdalning ozgina qobiliyati va bilimini o‘ta oshirib yuborgani aniq.

Ammo o, Xudoyim-yey, qarshisida gul-gul bo‘lib ochilgancha hayajondan yengil titrab so‘zlayotgan qizning hayrati va tasannosi shu qadar kuchli ediki, Trisdal Karuzersning yolg‘on ta'rifini hech bir raddiyasiz qanday qilib qabul qilib qo‘yganini o‘zi ham bilmay qoldi. E'tiroz bildirish o‘rniga u ispanchadan bo‘lgan soxta bilimini yanada bo‘rttirib ko‘rsatishga urindi. O‘zicha qizni beshbattar qoyil qilaman, deb noo‘rin ishlatgan bu yolg‘on tasdig‘i keyinchalik Trisdalning o‘ziga achchiq tikan kabi sanchildi.

O‘sha tun mahbubasi qanchalar suluv va shaffof edi-ya! O‘shanda u misoli tuzoqqa tushib qolgan qushchaday patirlar, hayajonlanar, birdan jim qotib tinglar edi. Trisdal o‘sha oqshom bor mag‘rurligini tark etib, qizga dil izhori qilgandi. U sevganining uyalgan, qizargan chehrasiga boqib turib, qizning hech bir inkorsiz uning sevgisini qabul qilishiga butkul ishongan edi. "Javobimni ertaga aytaman”, deb ketgandi qiz hayo bilan jilmaygancha. Uning tabassumi Trisdalga cheksiz umid payg‘omlarini taqdim etgandi o‘shanda.

Shu tarzda u ertasi kun sabrsizlanib mahbubasining javobini intiqlik bilan zor kutdi. Peshin payti bo‘lganda, qizning uyida otboqar bo‘lib ishlaydigan kishi qip-qizil tuvakdagi g‘alati kaktus gulini tashlab ketdi. Ustiga qandaydir tilda yozilgan yorliqdan tashqari, gultuvak ichida na bir so‘z va na bir xat bor edi. Yigit hayron qolib, yarim tungacha yana kutdi, lekin qizning javobi yetib kelmadi. O‘sha damda Trisdalning baland g‘ururi va toptalgan manmanligi uni qizni qidirishdan tiydi. Oradan ikki kun o‘tgach, ular ittifoqo bir kechki bazmda uchrashib qolishdi. Ko‘rishuvlari har doimgiday oddiy, ortiqcha gap-so‘zsiz kechdi, ammo qizning ko‘zlari nimagadir mushtoq, betoqat va savolomuz boqardi. Trisdal bo‘lsa, uning kechikkan javobi uchun izoh berishini kutib turardi. Biroq qiz unga tushuncha berish o‘rniga yuzini ters o‘girgancha ketib qoldi. Shu taxlit ular hech bir sababsiz, hech bir izohsiz indamay ajralishdi. Lekin baribir Trisdal sira-sira tushunolmasdi: uning gunohi nima edi? Bu yerda kim aybdor o‘zi? Ana endi cheksiz qayg‘uga botgancha, o‘zining nokerak bo‘lgan mag‘rurligi orasidan javob axtararkan, Trisdal mushkul ahvolda qattiq azob tortmoqda edi. Agarda...

Birdan javon oldida turgan ikkinchi erkak, kelinning akasining ovozi Trisdalning xayollarini parday to‘zg‘itib yubordi.

— Menga qarang, Trisdal, namuncha o‘yga cho‘mib qoldingiz? Xuddi bo‘yniga ola xurjun ilinayotgan kuyovto‘raday qovoq-tumshuq qilib olibsiz. Siz bor-yo‘g‘i bir ishtirokchisiz-ku bu to‘yda, do‘stim. Bilasizmi, men bugun g‘oyatda suygan, ardoqlagan jonu jigarimni uzatyapman. O‘zi bittagina sing­lim bor edi, endi mana, uyam ketyapti. Ha, mayli, baxtli bo‘lsin! Qani, keling, bunaqa xomush o‘tirmang, ko‘nglingizni chog‘ qiling. Mana, buni oling, birga-birga ichaylik bugun!

— Hozir hech narsa ichgim yo‘q, rahmat, — dedi Trisdal boyagiday kayfiyatda.

— Sizning brendiyingiz, — deya gapini davom ettirdi Trisdalning do‘sti, — judayam yoqimsiz ekan. Biror kun bizning taraflarga borib, uyimizdagi ichimlik­lardan bir totib ko‘rsangiz bo‘larkan. Ana o‘shalar ichishga ming karra arziydi.

Bir mahal kelinning akasi Trisdalga hayratomuz kulgancha boshqa gap qotdi:

— Eh-he! Mana buni qaranglar! Bu gul biz tomon­lardan-ku! Mana bu kaktusni aytayapman, Trisdal! U sizga qayerdan kelib qoldi?

— Bu sovg‘a, — deb javob berdi Trisdal, — bitta do‘stimdan. Siz buning turini bilasizmi?

— Bilganda qandoq, — dedi do‘sti faxrlanib, — bu kaktusning tropik iqlimga moslashgan turlaridan. Siz biz taraflarda bunaqasidan istagancha uchratishingiz mumkin. Mana bu yerga gulning nomi ham yopishtirib qo‘yilibdi-ku! Siz ispanchani bilmaysizmi, Trisdal?

— Yo‘q, — dedi Trisdal achchiq kulimsiragancha, — bu ispanchamidi hali?

— Ha-da. Ispanlar kaktusning bu turining yaproqlarini go‘yoki siz tomon qo‘lini cho‘zib, nimagadir ishora berayotgan kishiday, faraz qilishadi. Ular bu kaktusni "Ventomerme” deb atashadi. Inglizchada qanday ma'no anglatishini bilasizmi? "Ventomerme” — inglizchada "Kelib, meni olib ket”, degani bo‘ladi.

Ingliz tilidan Qandilat Yusupova
Категория: Har-Hil | Просмотров:1346 | Добавил: Admin | Теги: Kaktus bargidagi sir (hikoya) | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:50
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728