• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 3 » Jurnalistni sarson qilishmoqda: Boisi qonunchilikni bilmaslikmi yo mensimaslik?
14:35
Jurnalistni sarson qilishmoqda: Boisi qonunchilikni bilmaslikmi yo mensimaslik?

"Qashqadaryo ziyokori” gazetasida jurnalist Otabek Qo‘ldoshevning mansabdor shaxslarning amaldagi qonunchilikni yaxshi bilmasligi va jurnalistlarga nisbatan bepisand munosabatda bo‘lishi haqidagi maqolasi chop etildi. Quyida ushbu maqola e’tiboringizga havola etiladi.

Ilgari ahyon-ahyonda qulog‘imizga chalinadigan bir gapni bugun deyarli har kuni eshityapmiz."Jurnalist sifatida axborot olish uchun falon tashkilotga borganimda buyrug‘im bor-yo‘qligi-yu, tashkilotga kirishga qanchalik haqqim borligi bilan qiziqishdi”. To‘g‘risi, eshitib taajjublanardik. O‘zimiz ham shu ahvolga tushgunga qadar...

Ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va sohadagi yangilanishlarni ommalashtirish maqsadida navbatdagi xizmat safari bilan Shahrisabzga yo‘l oldik. Shahrisabz tuman Xalq ta’limi bo‘limiga borib, mudir Shuhrat Ro‘ziyevning qabuliga kirdik. Odatdagi salom-alikdan so‘ng bo‘lim mudiriga maqsadimizni bayon qildik.

"Bugun ertalabdan barcha ishlarimizni rejalashtirib, xodimlarni topshiriq bilan jo‘natganman. Ish uslubim shunaqa. Hozir ularni qaytib chaqirib ololmayman, — degan bo‘lim mudirining gapini eshitib, albatta hurmatimiz oshdi.

Bemavrid kelganimizdan hijolat ham bo‘ldik. Mudir janoblari "qovun tushirmaguncha”, albatta. Bo‘lim mudirining "Keyingi safar boshqarmamiz boshlig‘idan buyruq olib keling, — degan gapi u haqidagi barcha fikrlarim o‘zgarishiga sabab bo‘lib, rahbar respublika qonunlarini bilmaydi yoki mensimayapti degan savol tug‘ilishiga sabab bo‘ldi. Azbaroyi bu haqda eshitmaganim uchunmi, bo‘lim mudiridan viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i OAVga qanday buyruq berishi bilan qiziqdim-u, hamma tomoshaga guvoh bo‘lib qoldim-da. Siz 5 daqiqa chiqib turing, men boshqarma bilan gaplashib qanday buyruq kerakligini bilib beraman, degan suhbatdoshimizni naq 20 daqiqa poyladik.

So‘ngra yoniga kirgach, uning "uzr men sizlarni boshqa gazetaga almashtiribman, sizlar boshqa gazeta ekansizlar”, degan gapi dard ustiga chipqon bo‘ldi. Nahotki, tumanda nufusi jihatidan keng qamrovga ega bo‘lgan tashkilot rahbari gazetalarning farqiga bormasa. Ommaviy axborot vositalarini shu tahlid bir-biridan ayro ko‘rsa?

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 67-moddasida belgilab qo‘yilgan Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlashini, "Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi va "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi”gi Qonunlarimizni aqalli eshitmagan bo‘lsa-ya? To‘g‘risi, bo‘lim mudirining bu kabi qonunlarimizni bilmasligidan zarracha ham ajablanmadim. Nega deysizmi? Boisi, tuman Xalq ta’limi bo‘limi rahbari davlat Konstitutsiyasining har kim bepul bilim olish huquqiga ega ekanligini anglatuvchi 41-moddasini ham bilmagach, "qo‘limni yuvib qo‘ltig‘imga urdim”. Tuman XTB vakillariga  jurnalistik faoliyatimiz xususida tushuntirib ulgurmasimizdan, ijodiy jamoamizni tuman hokimligidan hokim o‘rinbosari Bekzod Nazarov ham yo‘qlab qoldi.

Xayriyat, bizni tushunadigan kishilar ham bor ekan, deya tuman hokimligi tomon oshiqdik. Tuman hokimligi vakillari OAV qonunchiligidan yaxshi xabardordir desak, "chuchvarani xom sanagan ekanmiz”. Aslida yomg‘irdan qochib, do‘lga tutilibmiz.

"Siz, bizning tumanimizga kirishingizdan oldin viloyat hokimligining mutasaddi rahbarlaridan buyruq olib kelishingiz kerak bo‘ladi, ana shundagina biz axborot olishingizga ruxsat beramiz, - deya ish faoliyatimizga e’tiroz bildirdi Bekzod Nazarov. Tushuntirishga qancha tirishmaylik, foydasi bo‘lmadi. Hokim o‘rinbosari namuna qilib ko‘rsatish uchun yordamchisiga "Dunyo bo‘ylab” telekanalining Navro‘z bayramini yoritish bo‘yicha kelgan burug‘ini izlashini buyurdi. Bir nimalarni qidirib ketgan yordamchi bir zum to‘xtab, nimani so‘rayotganimiz bilan qiziqdi. Buyruq haqida eshitgach, bunday buyruq ularga kelmaganligini, viloyat hokimligidan tavsiya xati borligini aytib qoldi. Ammo shuni ham ko‘rsatolmadi. Qiziq, tuman hokimining o‘rinbosari buyruq va xatning farqiga bormayaptimi? Viloyat hokimligining matbuot xizmati bilan bog‘lanib, tuman hokimligining talabi haqida ham bildirdik. Matbuot xizmati vakili bu borada ularning talabi o‘rinsiz ekanligi aytgach, yana Bekzod Nazarovning qabuliga kirdik. Bu safar hokim o‘rinbosari buyruq emas, xatni so‘rayotganligini aytib qoldi.

Ajabo. Emishki, har bir OAVga viloyat hokimi o‘rinbosarlari yoki shu sohaga dahldor vakillari o‘rganishi mumkinligi xususida xat berishi kerak ekan. Mana sizga tuman mutasaddisining tushunchasi, saviyasi...

Shu o‘rinda savol tug‘iladi? Tuman hokimi o‘rinbosari Bekzod Nazarov va tuman XTB mudiri Shuhrat Ro‘ziyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, "Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlaridan bexabarmi yoki mensimaydimi? Agar bilsa yoki xabardor bo‘lsa nega jurnalist faoliyatiga to‘sqinlik qiladi? Nega uni ovora qilib, uni olib kel buni olib kel deya sarson-sargardon bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Biz o‘sha kuni ijodiy jamoamiz bilan ertalab soat 09:00 dan 15:00 qadar shu masalada mutasaddi rahbarlar eshigi tagida sarg‘aydik. Mutasaddilardan "ruxsat tekkach”, taqiqning sabablaridan birini bilgandek ham bo‘ldik.

Tumandagi 28-umumta’lim maktabida tuman XTBning ikki nafar vakili Olim Aliqulov va Dadaxon Negmatov bilan birgalikda maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Toshkan Chorshanbiyevning 3-sinf o‘quvchilariga spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda dars o‘tayotganiga guvoh bo‘ldik. Bo‘lim mudiriga bu haqda bildirib, o‘zi ko‘rib guvohi bo‘lishi mumkinligini aytdik.

Voqeaga tuman XTB kadrlar bo‘limi yo‘riqchisi No‘mon To‘rayev guvoh bo‘ldi va bu haqda tez orada chora ko‘rishlarini bildirib, tahririyatga ham ma’lum qilajagini aytdi. Biroq XTB mas’ullari oradan qariyb bir oyga yaqin muddat o‘tsa-da, sukut saqlashni lozim topishmoqda. Aslida XTB mudiri va tuman hokimi o‘rinbosari OAV faoliyatiga to‘sqinlik qilib, shu kabi illatlarning ildiz otishiga zamin yaratib bermayaptimikin? Balki, shuning uchun ham bugungi kunda jamiyatimizda jinoyatchilik avj olayotgandir. O‘ylaymizki, ushbu holatga Shahrisabz tuman hokimi hamda viloyat hokimligi mas’llari munosabat bildirishadi. Va ko‘plab jurnalistlarni qiynab kelayotgan muammoga yechim topiladi. Biz esa har doimgidek kutamiz va kuzatamiz...
Категория: Har-Hil | Просмотров:998 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:59
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь