• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 21 » JSST vakili koronavirus bilan bog‘liq cheklovlarni vaqtli olib tashlamaslikka chaqirdi
15:00
JSST vakili koronavirus bilan bog‘liq cheklovlarni vaqtli olib tashlamaslikka chaqirdi

Koronavirusga qarshi kurash uchun joriy qilingan cheklovlarni olib tashlash bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak, aks holda kasallikning qayta tarqalish ehtimoli mavjud. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Tinch okeani g‘arbiy qismidagi mamlakatlar bo‘yicha mintaqaviy direktori Takeshi Kasay ma’lum qildi, deb yozmoqda "RBK”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hali birorta ham davlat virusning qayta tarqalishidan himoyalanmagan. Shuning uchun cheklovlarni olib tashlash masalasini ko‘rib chiqayotgan hukumatlar bunga ehtiyotkorlik bilan va bosqichma-bosqich yondashishi kerak.

Direktorning ma’lum qilishicha, cheklov choralari pandemiyaga qarshi kurashda samara berdi. Jamiyat esa vaksina yaratilgunicha yoki koronavirusni davolashning yetarli darajadagi samarali davosi topilgunicha yangi sharoitlarda yashashga moslashishi kerak. "Odamlar va jamiyat yangi hayot tarziga tayyor bo‘lishi kerak”, — dedi JSST vakili.

Takeshi Kasayning qayd etishicha, koronavirus xavfi boshqa kasalliklar, jumladan, poliomielit, qizamiq va qizilcha bo‘yicha emlashlarga ta’sir qilmasligi kerak. Aks holda, sog‘liqni saqlash tizimidagi yuklamasi shunday ham og‘ir bo‘lgan Tinch okeani g‘arbiy qismidagi mamlakatlar yangi inqirozga uchrashi mumkin.

Avvalroq Xitoy va Janubiy Koreyada koronavirusga chalinganlar soni kamayayotgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Germaniyada karantin choralarining qisman bekor qilinishi e’lon qilingan, Ispaniya va Italiyada bir qator kompaniyalar uchun karantin choralari yengillashtirilgan, Avstriya koronavirus sabab joriy etilgan cheklov choralarini bekor qilishni boshlagan. Norvegiyada koronavirus sabab yopilgan bog‘chalar yana ochilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda dunyo bo‘yicha kasallanganlarning umumiy soni 2 478 534 kishini tashkil etmoqda, 170 389 kishi vafot etdi, 645 mingdan ortiq bemor tuzaldi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:592 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:44
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь