• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 14 » JSST rahbari koronavirus tufayli joriy etilgan cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha tavsiyalar berdi
16:03
JSST rahbari koronavirus tufayli joriy etilgan cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha tavsiyalar berdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adan Gebreyesus koronavirus tufayli joriy etilgan cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha tavsiyalar berdi, deb xabar bermoqda "RBK”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, davlatlar cheklovlarni olib tashlashdan oldin bir qator choralarga amal qilinganiga ishonch hosil qilishi kerak. Xususan, hukumat virusning odamdan odamga yuqishini, kasallanish bo‘yicha vaziyatni nazorat qila olishi lozim. Sog‘liqni saqlash tizimi har bir COVID-19 holatini aniqlash, tekshirish, izolyatsiya qilish va davolash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, JSST rahbari tibbiy muassasalarda koronavirus tarqalish xavfini minimallashtirish, shuningdek, ishxonalar, maktablar kabi odamlar tashrif buyurishi kerak bo‘lgan boshqa jamoat joylarida profilaktika choralarini ko‘rish zarurligini ta’kidlagan. Shuningdek, koronavirusning chetdan yuqishi xavfini oldini olish ham lozim.

JSST rahbarining aytishicha, 2019-yilda pandemiyani yuzaga keltirgan COVID-19 grippdan 10 baravar xavfliroq. "Virus juda tez tarqalyapti. Shu sababli cheklov choralarini asta-sekin olib tashlash kerak va bu jarayonni nazorat qilish kerak. Bu bittada amalga oshirilmasligi lozim”, — deb ogohlantirgan Gebreyesus.

Xabarda aytilishicha, 10-aprel kuni JSST rahbari ayrim davlatlar cheklovlarni olib tashlashni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan va agar bu juda tez sodir bo‘lsa, bu o‘lim holatlari xavfining qayta tiklanishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 1 million 920 ming kishidan, vafot etganlar soni 119 ming kishidan oshdi. O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 1054 kishini tashkil qilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:557 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:55
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь