• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1877
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 30 » JSST rahbari koronavirus pandemiyasi tugamayotgani, aksincha tezlashayotganini ma’lum qildi
10:48
JSST rahbari koronavirus pandemiyasi tugamayotgani, aksincha tezlashayotganini ma’lum qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus koronavirus infeksiyasi pandemiyasi tugallanish arafasida emasligi, aksincha kasallik tezlashayotganini ma’lum qildi.

"Biz barchamiz ushbu pandemiya tugashini xohlaymiz. Hammamiz o‘z hayotimiz bilan yashashni istaymiz. Ammo achchiq haqiqat shuki, u hatto tugallanishga ham yaqin emas. Aksariyat davlatlar ma’lum bir yutuqlarga erishgan bo‘lsa-da, pandemiya aslida tezlashmoqda”, — degan u brifingda.

Gebreyesusning ta’kidlashicha, Xitoydagi birinchi kasallanish holatidan boshlab olti oy davomida dunyo bo‘ylab 10 milliondan ortiq odamda koronavirus aniqlangan, ularning 500 ming nafari vafot etgan. "Ko‘p odamlar kasallikka moyil bo‘lib qolmoqda. Virus tarqalishi mumkin bo‘lgan hali ko‘p joylar bor”, — deya uning so‘zlarini keltirmoqda Reuters.

Shu bilan birga, JSSTning yetakchi ekspertlaridan bo‘lgan Mayk Rayanning aytishicha, COVID-19’ga qarshi xavfsiz va samarali vaksinani ishlab chiqishda ulkan yutuqlarga erishildi, ammo bu natija berishiga kafolat yo‘q.

JSST hisobotiga ko‘ra, 18-iyundan boshlab har kuni koronavirusga chalinish bo‘yicha 150 mingdan ortiq holat qayd etilmoqda. 28-iyun kuni dunyoda 178 ming kishi ushbu kasallikka chalingani aniqlangan.

Koronavirusga chalinganlarning eng ko‘pi AQSh, Braziliya, Rossiya, Hindiston va Buyuk Britaniya davlatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Avvalroq JSST Yevropada karantin cheklovlari olib tashlangach, koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari keskin oshganini bildirgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:429 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:16
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь