• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 11 » JSST koronavirusning pandemiya darajasiga yetganini ma’lum qildi
22:23
JSST koronavirusning pandemiya darajasiga yetganini ma’lum qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesusning ma’lum qilishicha, koronavirus bilan bog‘liq holat pandemiya sifatida tavsiflanishi mumkin. Bu haqda "RBK” xabar berdi.

JSST rahbarining qayd etishicha, so‘nggi ikki hafta davomida Xitoydan tashqarida koronavirus bilan zararlanish holatlari soni 13 martaga oshdi, kasallik qayd etilgan mamlakatlar soni esa uch baravar ko‘paydi. Tedros Gebreyesusning ma’lum qilishicha, ayni paytda dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 118 ming kishidan ortib ketgan.

Avvalroq JSST koronavirusning dunyo miqyosida tarqalishda davom etib, pandemiyaga aylanishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 3158 kishiga yetdi, kasallikni yuqtirib olganlar soni esa qariyb 81 mingga yaqinlashib qolgan.

"Sog‘liqni saqlash bo‘yicha milliy komissiya 31 ta provinsiyada 80 778 kishida koronavirus aniqlangani to‘g‘risida ma’lumot berdi. Hozirgi vaqtda ularning 16 145 nafari kasal (4492 nafarining ahvoli og‘ir), 61 475 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan, 3158 kishi esa vafot etgan”, — deyiladi Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabarida.

Dunyo bo‘yicha kasallikdan davolanishga muvaffaq bo‘lganlar 65 ming kishidan oshgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshiriqlar berdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus tarqalgan 14 davlatdan kelgan fuqarolarni karantinga olish haqida qaror qabul qilingan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 1900 dan ortiq kishi koronavirus bo‘yicha tibbiy kuzatuvda turibdi. Mamlakatda shu kungacha koronavirus qayd etilmadi.

Avvalroq O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov mamlakatda koronavirus bo‘yicha o‘tkazilgan 1760 ta laboratoriya tahlilining birortasida ham virus aniqlanmaganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, vazir O‘zbekistonga koronavirus kirib kelmaganini ta’kidlagan hamda u kirib kelgan taqdirda, uni yashirish imkonsiz ekanligini aytgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:539 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:29
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031