• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 1 » JSST koronavirusdan tuzalganlar sonini e’lon qilishni to‘xtatdi
22:58
JSST koronavirusdan tuzalganlar sonini e’lon qilishni to‘xtatdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti butun dunyoda koronavirusdan tuzalgan kishilar sonini e’lon qilishni to‘xtatdi. Bu haqda "RIA Novosti” xabar berdi.

JSST vakili Tarik Yazarevichning ma’lum qilishicha, ko‘p davlatlar kasallikdan tuzalganlar haqidagi ma’lumotlarni uzatishda tizimlilikka rioya qilmayotgani sababli shunday qaror qabul qilingan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoydan tashqarida kasallikdan tuzalish holatlari haqida turli manbalardan rasmiy tasdiqlangan yagona ma’lumot olishning imkoni bo‘lmayapti. Barcha davlatlar ham ushbu ma’lumotlarni tashkilotga tizimli tarzda taqdim eta olmayapti.

JSST vakilining qayd etishicha, koronavirusga nisbatan immunitet ishlab chiqilayotgani borasida epidemiologik ma’lumotlarni ko‘proq olish, shuningdek, bemorlarning kasallikdan to‘liq xalos bo‘lganini aniqlovchi usullarni topish kerak.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus yuqtirib olganlarning soni 884 mingdan oshgan, 185 mingdan ortiq kishi tuzalgan, 44 mingdan ziyod bemor vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, BMT bosh kotibi koronavirusga qarshi kurashish uchun jahon YaIMining 10 foizi miqdorida pul chop etishni taklif qildi. Oq uy ekspertlari koronavirus oqibatida 2,2 million amerikalik vafot etishi mumkinligini taxmin qilmoqda. O‘tgan bir sutka ichida AQShda koronavirus oqibatida 700 dan ortiq odam vafot etgan bo‘lsa, Xitoyda bu ko‘rsatkich yetti kishini tashkil etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:547 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:02
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь