• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 19
Гостей: 19
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 21 » JSST Belarusga karantin joriy qilishni maslahat berdi. Lukashenko bunga ko‘nmadi
21:15
JSST Belarusga karantin joriy qilishni maslahat berdi. Lukashenko bunga ko‘nmadi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Belarus hukumatiga koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish uchun karantin joriy etishni tavsiya qildi. Mamlakat Prezidenti esa xalqaro tashkilotning ushbu maslahatini qabul qilmasligini ma’lum qildi.

"Ular (JSST) bizni yaxshi ko‘rishmaydi. Bu xalqaro tashkilot siyosiy tashkilotdir. Ularning mamlakatga tashrif buyurgan missiyasi hamma joyga, hatto men kutmagan bo‘limlarga ham borishdi. Ular bizga karantin bo‘yicha juda ko‘p narsani maslahat berishdi", deydi Lukashenko.

Belarusdagi missiyadan so‘ng, JSST koronavirus tarqalishi nuqtai nazaridan Respublika hukumati uchun tavsiyalar ro‘yxatini e’lon qildi. Ular kasallik aholi bo‘ylab tarqalishidan xavotirda.

"Belarusda e’lon qilingan COVID-19 holatlari soni tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. 20 aprelgacha 6264 ta holat qayd etilgan. Mamlakatda COVID-19 tarqalishi aholi o‘rtasida yuqish bosqichiga o‘tayotganligi sababli, hukumat ijtimoiy masofa saqlash choralarini ko‘rishi kerak", deyiladi tashkilotning veb-saytida e’lon qilingan xabarida.

JSST ta’kidlaganidek, ijtimoiy masofa saqlash chora-tadbirlari ommaviy, jumladan, sport, diniy va madaniy tadbirlarni bekor qilishni, shuningdek koronavirus bilan kasallangan odamlarni va ular bilan muloqot qilganlarni karantinga joylashtirishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, JSST maktablar, universitetlar va boshqa o‘quv muassasalariga masofaviy o‘qitish tizimiga o‘tishni tavsiya qiladi.

Shuningdek, tashkilot Belarus hukumatiga "aniq, oshkora va muntazam ravishda" jamoatchilikni xatarlar, sog‘liqni saqlash bo‘yicha tavsiyalar va koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatga qarshi choralar to‘g‘risida xabardor qilishni tavsiya qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Belarusda koronavirus bilan bog‘liq 6 264 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 514 nafari sog‘aygan, 51 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 5 699 kishini tashkil qilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:560 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:22:24
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь