• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » May » 1 » Jizzaxda YPX xodimining bodikamerasidagi video tarqaldi. Unda inspektorlar haydovchini haqorat qilganini ko‘rish mumkin
22:14
Jizzaxda YPX xodimining bodikamerasidagi video tarqaldi. Unda inspektorlar haydovchini haqorat qilganini ko‘rish mumkin

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimining bodikamerasi orqali yozib olingan video tarqaldi, unda xodimlar haydovchini haqorat qilgani tasvirlangan. Jizzax viloyati IIB JXX YHXB holatga munosabat bildirib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Videolavhada YPX inspektori va haydovchining o‘zaro tortishuvi va YPX xodimining xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan bodikamerasi xotirasidagi videolavhalar aks etgan holatlarni ko‘rish mumkin.

Ma’lum qilinishicha, 2022-yilning 12-mart kuni soat taxminan 22:50 larda haydovchi X.SH. boshqaruvidagi Lacetti rusumli transport vositasida Jizzax shahar Mustaqillik ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Tungi xizmatga jalb etilgan YPX inspektorlari safdor A.Shodmonov va boshqalar tomonidan surishtiruv davomida haydovchi spirtli ichimlik ta’sirida mast holatda ekani aniqlangan va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 133 va 131-moddasi (transport vositalarini mast holda boshqarish) 1-qismi bo‘yicha to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudiga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi va fuqaro X.Sh.ning advokati so‘roviga asosan YPX inspektori safdor A.Shodmonovning xizmatda biriktirilgan bodikamera xotirasidagi videolavhalar CD-disk bilan to‘plangan hujjatlarga qo‘shib, jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudiga 2022-yil 29-aprel kuni tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun qayta yuborilgan.

YPX inspektori safdor A.Shodmonovning xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan bodikamerasi xotirasidagi videolavhada 2022-yilning 12-mart kuni soat 23:03 larda shu yerda xizmatda bo‘lgan YPX inspektorlari bilan o‘zaro muloqot chog‘ida haqoratomuz so‘zlar aytgani aks etgan.

Shuningdek, 2022-yilning 28-aprel kuni soat taxminan 15:30 larda YPX inspektori safdor A.Shodmonov tomonidan Jizzax shahar O.Azimov ko‘chasida Nexia-2 rusumli transport vositasi haydovchisi (X.Sh.ning o‘g‘li) I.D.ni harakat davomida uyali aloqa vositasida foydalanib kelgani uchun to‘xtatgan. Haydovchi qoidabuzarligini tan olmagan va holat yuzasidan qog‘oz shakldagi ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishni talab etgan hamda YPX inspektori va haydovchi o‘rtasida o‘zaro tortishuv yuzaga kelgan.

Hozirda Jizzax viloyati IIB JXX YHXB tomonidan ushbu ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha yuzasidan xodimlarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish hamda holatga aniqlik kiritish maqsadida surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Chiroqchida YPX xodimlariga tajovuz qilgan 7 nafar fuqaro 15 sutkaga qamalgani, Farg‘onada shorti kiygan haydovchiga e’tiroz bildirgan YPX xodimiga xizmat tekshiruvi tayinlangani, Toshkent viloyatida Matiz haydovchisi va YPX xodimlari o‘rtasida janjal sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:544 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:13
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031