• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1366
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Iyun » 21 » Jizzaxda janjallashayotgan ikki fuqaroni ajratmoqchi bo‘lgan aka-uka pichoqlandi. Ulardan biri 10-sinf o‘quvchisi
10:02
Jizzaxda janjallashayotgan ikki fuqaroni ajratmoqchi bo‘lgan aka-uka pichoqlandi. Ulardan biri 10-sinf o‘quvchisi

16-iyun kuni 00:30 larda Jizzax viloyati Zomin tumanida o‘zaro janjallashayotgan ikki fuqaroni ajratishga uringan yigitlar pichoqlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tumanning "Obihayot” qishlog‘ida yashovchi D.B. ismli fuqaro Nexia’sida choyxonada o‘tirgan ukasi, amakivachchasi va hamqishlog‘ini olib uyiga ketayotgan vaqtida "Oqtepa” mahallasidagi do‘kon oldida turgan tanishini ko‘rib qolgan.

Haydovchi yigit o‘sha tanishi bilan so‘rashish uchun oldiga boradi va o‘rtada o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan. Haydovchining ukasi va amakivachchasi ham janjalga aralashib, kaltaklanayotgan yigitning uch nafar sinfdoshi ularni ajratishga harakat qilgan. Haydovchi esa mashinasida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan sinfdoshlardan biri — J.X.ning qorin qismiga urib, jarohat yetkazgan. Shuningdek, D.B. fuqaro J.X.ning ukasini (10-sinf o‘quvchisi) oyog‘iga ham pichoq sanchib olgan.

Oqibatda jabrlanuvchilar tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi "g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, D.B. hibsga olingan. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Urgutda "Jiguli” va Captiva haydovchilari bir-biriga yo‘l bermasligi oqibatida janjal kelib chiqqani va oqibatda ikki kishi jarohatlangani, Navoiyda mast aka-uka restoranda janjal ko‘tarib, ofitsiantning bo‘yniga o‘roq sanchib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:489 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:03
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь