• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 18 » Jinoyat ishlari bo‘yicha sudda ilk marotaba bolalarga do‘stona muhitli tergov xonasi ochildi
18:13
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudda ilk marotaba bolalarga do‘stona muhitli tergov xonasi ochildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va UNICEF ilk bor sudda ishlar ko‘rilayotgan vaqtda jabrlanuvchi yoki jinoyat guvohi bo‘lgan bolalarga do‘stona muhitli xonani tashkil etdi. Mazkur xona Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudida foydalanish uchun topshirildi. Bu haqda UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati "Daryo”ga xabar berdi.

Bolalarning yoshi, yetukligi va ruhiy holati e’tiborga olingan holda, ular o‘zlarini erkin va xavfsiz sezishlari uchun mazkur xona qulay muhitni ta’minlaydi. Bolalarga ruhiy shikast yetkazish ehtimolini imkon qadar kamaytirish maqsadida xona zamonaviy video va audio tizim bilan jihozlangan. Bunday choralar jabrlanuvchi yoki jinoyat guvohi bo‘lgan bola sud muhokamasida ishtirok etayotganida u faqatgina sudya bilan gaplashib, boshqa sud ishtirokchilari bilan har qanday muloqot qilishini istisno etadi.


"Sud bosqichida bolalarga do‘stona muhitli ushbu xonaning ochilishi BMT Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasining qonun bilan aloqada bo‘lgan bolalarni himoya qilish choralarini ko‘rish bo‘yicha O‘zbekistonga yo‘llagan tavsiyalarini amalga oshirishdagi katta qadamdir”, — dedi UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann.


"Agar biz jabrlanuvchi yoki jinoyat guvohi bo‘lgan bolani ruhiy shikastlanishdan himoya qilmoqchi bo‘lsak, biz kamida ikki narsaga amin bo‘lishimiz kerak. Birinchidan, suhbat yoki tergov uchun muhit do‘stona bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, sud muhokamasida bola sudyadan boshqa sud jarayoni har qanday ishtirokchilari, jumladan, ayblanuvchi bilan muloqotda bo‘lmasligi kerak”, — deb ta’kidladi u.

Bolalar uchun adolatli sudlovning xalqaro standartlariga muvofiq, jabrlanuvchi va jinoyat guvohi bo‘lgan bolalar uchun barcha bosqichlarda — sudgacha, sudda va suddan keyingi davrda maxsus himoya choralari ko‘rilishi zarur. Bu shuni anglatadiki, qonunlar adolatli sudlov jarayonida ushbu zaif bolalar bilan o‘tkaziladigan suhbatlar sonini cheklashi lozim.

"Sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar jarayonida O‘zbekistonda jabrlanuvchi va jinoyat guvohi bo‘lgan bolalar huquqlarining himoyasini yanada kuchaytirish borasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ilg‘or xalqaro tajribaga muvofiqdir”, — dedi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov.
Категория: Har-Hil | Просмотров:560 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:34
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829