• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 3 » Janubiy Koreyadan olib kelingan o‘zbekistonliklar kuniga 2 mahal tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda
13:18
Janubiy Koreyadan olib kelingan o‘zbekistonliklar kuniga 2 mahal tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda

Janubiy Koreyadan charter reys bilan O‘zbekistonga olib kelingan fuqarolar kuniga 2 mahal tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi ma’lum qildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra, ular 14 kun muddat (kasallikning yashirin davri) davomida tibbiy kuzatuvga olish uchun maxsus tayyorlangan muassasalarga joylashtirildi. Fuqarolar kuniga 2 mahal tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Fuqarolar orasida koronavirus infeksiyasi kasalligi alomatlari aniqlanmagan.

Ma’lumot uchun, 1-mart kuni Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy davlatlardan 28 ta reys orqali 4 422 nafar, temir yo‘llar orqali 5 ta poyezdda jami 702 nafar shaxs, shuningdek, davlat chegara bojxona postlari orqali 1 816 ta avtotransportlarning egalari va 40 654 nafar yo‘lovchi termometriyadan o‘tkazilgan. Xitoydan 21 nafar Xitoy fuqarosi va 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shunungdek, Janubiy Koreyadan 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi kelgan bo‘lib, ularning boradigan manzillari aniqlanib, salomatlik holati ustidan tibbiy kuzatuv tashkil etilgan.

Epidemiologik ko‘rsatmaga asosan, 2-mart kuniga qadar jami 1 478 ta namuna COVID-19 koronavirus infeksiyasiga tekshirildi, ularda mazkur infeksiya aniqlanmagan.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabi shuni ma’lum qiladiki, 2-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus kasalligi qayd etilmadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1-martdan boshlab Janubiy Koreyada koronavirus avj olishi sababli Seulga bo‘lgan qatnovlarni vaqtincha to‘xtatib turgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Yaponiya va Italiyada koronavirus avj olishi sababli Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020-yilning 1-martidan boshlab Tokio va Rimga bo‘lgan yo‘nalishdagi qatnovlarni vaqtincha to‘xtatgani ma’lum qilingandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:452 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:12
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031