• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 30 » Janubiy Koreyada o‘tgan bir sutka ichida COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha birorta ham holat qayd etilmadi
12:28
Janubiy Koreyada o‘tgan bir sutka ichida COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha birorta ham holat qayd etilmadi

Janubiy Koreyada pandemiya boshlanganidan boshlab birinchi bor o‘tgan bir sutka davomida mamlakat ichida COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha hech qanday holat qayd etilmadi. Qayd etilgan to‘rtta yangi holat ham chetdan kirib kelgan va karantin tekshiruvi vaqtida aniqlangan. Bu haqda Janubiy Koreya Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markaziga tayanib, "RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 10 765 kishiga yetgan, 9059 kishi sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan. Mamlakatda COVID-19 qurbonlari soni 247 kishini tashkil etmoqda.

Janubiy Koreyada bir haftadan buyon bir sutkada taxminan o‘n nafarga yaqin kasallanish holati qayd etilmoqda, 24-aprel kuni ushbu ko‘rsatkich 6 kishiga tushgan edi. Kasallikka chalinish holatlari kamaya borayotgani sabab mamlakatda ijtimoiy masofalanish rejimi 5-mayga qadar uzaytirilgan. Bog‘lar va tabiat qo‘ynida dam olishga mo‘ljallangan joylar qayta ochilgan, sport, diniy va ko‘ngilochar muassasalarning cheklangan faoliyatiga ruxsat berilgan. Fuqarolardan oldingidek odamlar to‘planadigan joylardan qochish, zarurat bo‘lmasa uydan chiqmaslik va profilaktika chora-tadbirlariga rioya qilish so‘ralmoqda.

Avvalroq Janubiy Koreya koronavirusga qarshi kurashda g‘alaba qozongan kam sonli davlatlar orasidan o‘rin olgani haqida xabar berilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:518 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:10
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь