• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 25
Гостей: 25
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 11 » Janubiy Koreyada bir sutkada koronavirusga chalinganlar soni 35 kishiga ko‘paydi
13:51
Janubiy Koreyada bir sutkada koronavirusga chalinganlar soni 35 kishiga ko‘paydi

Janubiy Koreyada so‘nggi sutkada koronavirusga chalinganlar soni 35 kishiga oshdi, deb xabar bermoqda "RIA Novosti” mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (KCDC) ma’lumotlariga tayanib. Bu bir oy davomidagi kunlik kasallanishlar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkichdir.

Mamlakatda 3 haftadan ortiq vaqt davomida kuniga o‘rtacha 10 kishi koronavirusga chalingani qayd etilayotgandi. 10-may kuni koronavirusga chalinganlar soni keskin ko‘tarilib, 34 kishiga oshdi.

KCDC ma’lumotlariga ko‘ra, yangi aniqlangan 35 ta kasallanish holatlarining 29 tasi mahalliy, qolgan 6 tasi chetdan yuqtirilgan.

Yangi kasallanish holatlari ko‘payishiga koronavirus borligi gumon qilingan va keyinchalik tasdiqlangan 29 yoshli yigitning 2-mayga o‘tar kechasi Kyongido provinsiyasidagi Yonin shahridan Seulning odam gavjum bo‘lgan Itxevon hududiga borgani va u yerda bir nechta klub va barlarga kirgani sabab bo‘lgan. Klublardagi boshqa shaharlardan dam olgani kelgan bir qator shaxslar ham virus yuqtirib olgan. Ayni paytda klubda bo‘lganlarning 85 nafarida virus aniqlangan.

Seul administratsiyasi 24-apreldan 6-maygacha Itxevondagi klublarga tashrif buyurgan 5 500 ortiq kishidan iborat ro‘yxatni tayyorlab, hozirda ularning 2 400 dan ortig‘i bilan aloqa o‘rnatgan. Biroq qariyb yana 3 ming nafari bilan hali ham aloqa o‘rnatishning iloji bo‘lmagan.

Hukumat kasallanganlar soni yana ortishi kutilayotganini bildirgan. Shu sababli hukumat barcha klublar va ko‘ngilochar joylarni 7-iyunga qadar yopish to‘g‘risidagi tavsiya bilan chiqdi, Seul ma’muriyati esa bunday muassasalarni majburiy ravishda yopish to‘g‘risida buyruq chiqardi.

Mamlakatda umumiy hisobda koronavirusga chalinganlar soni 19 909 kishiga yetdi, bemorlarning 9 632 nafari sog‘aygan. 256 nafari vafot etgan. Dunyo bo‘ylab esa koronavirusga chalinganlar soni 4 million kishidan oshib ketdi
Категория: Har-Hil | Просмотров:532 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:47
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь