• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 33
Гостей: 33
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 30 » Janubiy Koreya koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga 5 mln dollar ajratadi
09:17
Janubiy Koreya koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga 5 mln dollar ajratadi

Janubiy Koreya hukumati O‘zbekistonda COVID-19’ga qarshi kurashish uchun 5 million AQSh dollari miqdorida favqulodda yordam ko‘rsatishga qaror qildi. Bu haqda "Dunyo” agentligi xabar berdi.

Shu munosabat bilan ushbu dasturni tez fursatlarda amalga oshirish maqsadida Janubiy Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning Toshkentdagi vakolatxonasi bilan O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash rejalashtirilgan.

Ushbu ko‘mak doirasida COVID-19 tarqalishiga qarshi kurash, shu jumladan, tibbiy muassasalarni asbob-uskunalar bilan jihozlash, kadrlar malakasini oshirish, xususan, tibbiyot sohasi mutaxassislarining zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, COVID-19 haqida ma’lumot beradigan mobil ilovalarni ishlab chiqish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini zarur shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash kabi turli xil tadbirlar amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasi tarqalishining dastlabki bosqichida O‘zbekistonga Janubiy Koreya ham yordam ko‘rsatgandi, xususan, professor Soy Chje Uk va Yun Sing Ju kabi malakali tibbiyot xodimlari mamlakatga maslahatchi sifatida kelib, epidemiyaga qarshi kurashda mahalliy mutaxassislarga yordam berdi.

Aprel oyining yakunida esa mamlakatimizga umumiy qiymati 250 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan diagnostika to‘plamlari taqdim etildi. Iyul oyida 300 ming dollardan ortiq qiymatga ega 35 million dona tibbiy niqob (KF 80/94) yuborilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, KOICA, Janubiy Koreyaning xalqaro sog‘liqni saqlash va tibbiyot jamg‘armasi, Suv resurslari korporatsiyasi va Yer va uy-joy korporatsiyasi kabi turli xil tashkilotlari aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun oziq-ovqat va tibbiy buyumlarni yetkazib berish orqali o‘z yordamlarini taqdim qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda 15 nafar xitoylik shifokor va 1 nafar koreyalik mutaxassis ham ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Xitoydan uch marta gumanitar yordam yuklarini qabul qildi hamda mazkur mamlakatdan 200 mingta test tizimini sotib oldi.

Категория: Har-Hil | Просмотров:417 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:20
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь