• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1974
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
Главная » 2019 » Noyabr » 29 » Jak Shirak Biografiyasi
21:38
Jak Shirak Biografiyasi

40 yildan oshiq vaqt davomida Fransiyada yuqori lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan Jak Shirak 1932-yil 29-noyabrda Parij shahrida dunyoga keldi. Oilada yagona farzand bo‘lgan Jak dastlabki ta’limni Korrezda, so‘ng Parijda oldi. 1951-yilda Parij siyosiy fanlar institutiga o‘qishga kirdi. 1954-yilda Milliy boshqaruv maktabiga (Ecole Nationale d’Administration – ENA) o‘qishga qabul qilindi. 1956–1957-yillarda harbiy xizmat o‘tagani tufayli o‘qishi to‘xtab qolgan Jak 1959-yilda Milliy maktabni tamomladi. Hisob palatasidagi bir necha yillik faoliyatdan so‘ng siyosat olamiga qadam qo‘ydi.

Jorj Pompiduning "Buldozer”i

1962-yildan boshlab bosh vazir Jorj Pompidu qo‘li ostida faoliyat yuritishni boshladi. 1967-yilgacha loyiha rahbari sifatida ishladi. 1967-yil 8-may kuni Jorj Pompidu tuzgan hukumat tarkibiga kirdi. Shirakning mehnatsevarligi va harakatchanligini payqagan Pompidu unga "Buldozer” laqabini qo‘ydi.

Mehnat masalalari bo‘yicha davlat kotibi lavozimida ishlagan Shirak 1968-yil may-iyun oylarida yuz bergan ommaviy namoyish va ish tashlar davomida muhim rol o‘ynadi. Namoyishlarga yakun yasagan Grenel shartnomasi imzolanishida hal qiluvchi rol o‘ynadi. 1968-yil voqealaridan keyin iqtisodiyot va moliya masalalari bo‘yicha davlat kotibi lavozimiga tayinlandi.

1969-yilgi prezident saylovida Jorj Pompidu saylandi. Shirak esa 1971-yil 7-yanvarda parlament masalalari bo‘yicha vazir etib tayinladi. 1972-yil iyul oyida qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi. 1974-yil fevral oyidan boshlab ichki ishlar vaziri lavozimida ishlay boshladi.

Bir necha oydan so‘ng prezident Pompidu vafot etdi. 1974-yili saylovda Shirak Valeri Jiskar d’Estyenni qo‘llab-quvvatladi. Bu d’Estyen g‘alabasini ta’minlashga zamin yaratdi. Saylovdan so‘ng yosh prezident uni bosh vazir lavozimiga tayinladi.

Ammo munosabatlari yomonlashuvi natijasida Shirak 1976-yilning 26-iyul kuni iste’fo berishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rniga Raymond Barre tayinlandi. Shirak esa parlament deputati etib saylandi. Shuningdek, Respublika uchun majlis partiyasini tuzib, unga rahbarlik qila boshladi. 1977-yil 25-mart kuni Parij shahrining to‘g‘ridan to‘g‘ri ovoz berish yo‘li bilan saylangan ilk meriga aylandi. Poytaxt uning uchun kuchli saylov trampiliniga aylandi.

Hamkorlikdagi hukumat

Poytaxtda kuchli mavqega ega bo‘lgan Shirak 1978-yilgi parlament saylovida partiyasi bilan birga g‘alaba qozondi. Hukumat siyosatiga muxolif o‘laroq u mavjud tuzumni tanqid qilib keldi, prezident d’Estyen bilan munosabatlari yanada yomonlashdi.

Uzoq ikkilanishlardan so‘ng 1981-yil 3-fevral kuni prezident saylovida qatnashish uchun nomzodini ilgari surdi. Birinchi davradagi mag‘lubiyatdan so‘ng ikkinchi turda d’Estyenni qo‘llab-quvvatladi. Ammo oxirida so‘llar vakili Fransua Mitteran g‘olib bo‘ldi.


1984-yilgi parlament saylovida Shirak partiyasi Fransiya demokratik ittifoqi partiyasi bilan birgalikda ko‘pchilik ovozni to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa Shirak bosh vazir lavozimiga tayinlandi.

Bu V respublika tarixidagi ilk hamkorlikdagi hukumat edi. Hukumat rahbari o‘laroq liberal siyosat yuritgan Shirak qator sohalarni xususiylashtirishga erishdi. Bu siyosat muvaffaqiyatga olib keldi: inflyatsiya darajasi pasaydi, iqtisodiy o‘sish yuqorilashdi. Boshqa tomondan, ishsizlik darajasining pasayishi sust kechdi.

1988-yilgi prezident saylovidagi mag‘lubiyatdan so‘ng u yana Parij shahri meri etib saylandi.

Shirak – prezident

Oradan yetti yil o‘tib, 1995-yilgi saylovda Shirak sotsialistlar vakili Lionel Jospin ustidan g‘alaba qozonib, Fransiyaning navbatdagi prezidenti etib saylandi. Uning sodiq yordamchisi Alen Juppe bosh vazir etib tayinlandi.

Yangi prezidentning birinchi ishi yadroviy sinovlarni to‘xtatish bo‘ldi. NATO bilan yaqinlashib, Bosniya va Gersegovinadagi urushga barham bergan Dayton kelishuvi imzolanishiga erishdi.

Davlat budjeti xodimlarining nafaqasi haqidagi qaror ortidan Alen Juppe hukumati obro‘si tushib ketdi. 1997-yilda Shirak parlamentni tarqatib yuborishga qaror qildi. Lekin bu katta yo‘qotish bo‘ldi. Lionel Jospin boshqaradigan muxolif so‘llar parlamentda ko‘pchilik joyni egalladi. Jospin bosh vazir bo‘ldi. Bu ikkiknchi hamkorlikdagi hukumat edi.

Besh yil davom etgan bu davrda Shirak partiyasi va Parij meriyasining siyosiy-moliyaviy jinoyatlariga doir xababrlar chiqa boshladi. Partiya ichidagi bo‘linish va obro‘ tushishiga qaramay, Shirak 2002-yilgi saylovda ham qatnashishga qaror qildi va g‘alaba qozondi. Buning sababi, oxirgi turda Milliy front rahbari Jan Marin Le Penga qarshi butun so‘llar birlashib, Shirakni qo‘llab-quvvatladi. Shirak bu saylovda 82 foizdan yuqori ovoz to‘plashga erishdi.

Arablarning yaqin do‘sti

Tashqi siyosat borasida Jak Shirak o‘ziga xos o‘ringa ega. AQShning terrorizmga qarshi kurashi davomida Afg‘onistondagi amaliyotlarni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa-da, 2003-yilgi Iroqqa qarshi ekspansiyaga qattiq qarshilik ko‘rsatdi va unda qatnashishdan bosh tortdi. Shu sababli fransuzlar va arablar orasida hurmatga sazovor bo‘ldi.


Shirak arablar orasida mashhurligining yana bir sababi Falastin-Isroil munosabatlarida birinchi tarafda turganidir. Livanning sobiq bosh vaziri Rafiq Haririy Shirakning yaqin do‘sti ekani ham uning arab dunyosi bilan munosabatlari yaqinligidan darak beradi.

Sudlangan ilk prezident

2007-yilgi saylovda qatnashmaslikka qaror qilgan Jak Shirak bu safar Nikolya Sarkozini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Zotan, 2005-yilda insultni boshidan kechirgan Shirak bunga qodir ham emas edi.

Siyosatdan ketganidan so‘ng, chalkash ijtimoij-iqtisodiy natijalarga qaramay, Shirak fransuzlarning sevimli kishisiga aylandi. U qolgan hayotini nomidagi fondga bag‘ishladi. Parij meri lavozimida ishlagan paytdagi iqtisodiy jinoyatlar sababidan 2009-yilda sud hukmi bilan ikki yilga qamoq jazosiga hukm etildi. U Fransiya tarixida qamoqqa olingan ilk sobiq prezident edi.

Ayblovga qaramasdan, Shirak Fransiya tarixidagi 40 yillik siyosiy karyerasi bilan ko‘zga ko‘ringan davlat arbobi sifatida tarixga muhrlanib qoldi.

Jahongir Ostonov

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.
Категория: Yulduzlar Biografiyasi | Юлдузлар Хаёти | Просмотров:1174 | Добавил: Admin | Теги: biografiyasi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:37
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Noyabr 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930