Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixidagi eng ayanchli va qirg‘inbarot urushdir. U 1939 yildan 1945 yilgacha davom etgan. Quyida urush haqida ba'zi faktlarini berib o‘tamiz.
1. Meksika – 1938 yilda Avstriya anneksiya qilinganda qarshi chiqqan yagona davlat.
2. Yapon armiyasi ofitseri Xiro Onoda urush tugaganidan 27 yil o‘tibgina taslim bo‘lgan. Razvedkachi kichik leytenant Filippindagi orollardan biriga yashirinib, dushman haqida axborot to‘plashni davom ettirgan. U Yaponiyani kapitulyatsiya qilingani haqidagi xabarni dushman tarqatgan yolg‘on xabar deb hisoblagan. Xiro Yaponiya Imperator armiyasining sobiq mayori Yosimi Taniguti shaxsan Filippinga kelib, harbiy harakatlarni tugatish haqida buyuruq bergach taslim bo‘lgan.
3. 1923 yil tug‘ilgan 80 foiz erkak Ikkinchi jahon urushi davrida halok bo‘lgan.
4. Buyuk Britaniyaning amaldagi qirolichasi Yelizaveta II sanitar avtomashinalari mexanik-haydovchisi bo‘lib xizmat qilgan. Uning xizmati 5 oy davom etgan.
5. Ikkinchi jahon urushida yaponlar xolokostda o‘ldirilgan yahudiylardan ko‘proq xitoylikni o‘ldirgan.
6. Parij jome' masjidi yahudiylarga nemis askarlaridan yashirinishga yordam bergan. Ularga musulmonlarning qalbaki tug‘ilganlik guvohnomalari berilgan.
7. Polshaga Vermaxt bostirib kirganda, Vizna qishlog‘ini 720ga yaqin polyak himoya qilgan. Ular nemislarning 42 ming askar, 650 og‘ir qurol va 350 tankdan iborat 19-armiya korpusini to‘xtatib turishgan. Ular hujumga 3 kun bardosh berishgan.
8. Buyuk Britaniyaning urush davridagi Bosh vaziri Uinston Cherchill 1945 yil g‘alabadan keyin o‘tkazilgan saylovda mag‘lub bo‘lgan.
9. Yapon Sutumi Yamaguti Xirosima va Nagasakiga tashlangan atom bombalaridan omon qolgan. U 2010 yilda 93 yoshida oshqozon saratonidan vafot etgan.
10. Ikkinchi jahon urushi yillarida "Oskar” haykalchalari metall yetishmovchiligi sababli ohakdan yasalgan.
11. Xolokost vaqtida nemislar tomonidan 1,1 million yahudiy bolalari o‘ldirilgan.
12. Polshalik shifokor Yevgeniy Lazovskiy va uning hamkasblari xolokostda 8000 yahudiy bolalarini qutqarib qolgan. Ular nemis askarlari Rozvadov shahriga kirmasligi uchun yuqumli ich terlama kasalligi epidemiyasini e'lon qilganlar.
13. Nemis harbiylari Parij shahrini egallaganda Adolf Gitler Eyfel minorasining cho‘qqisiga chiqa olmagan. Fransuzlar atayin liftlarni buzib qo‘yganlar.
14. AQSHning Pirl-Xarbor bazasiga hujum boshlangach, Kanada AQSHdan avval Yaponiyaga urush e'lon qilgan.
15. Ikkinchi jahon urushi davrida Yaponiya Germaniyaning e'tirozlarini rad qilib, yahudiy qochoqlarini qabul qilgan.