• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 17 » Jahon iqtisodiyotining o‘sishi haqidagi prognoz virus sabab qulash bo‘lishi taxminiga almashtirildi
09:49
Jahon iqtisodiyotining o‘sishi haqidagi prognoz virus sabab qulash bo‘lishi taxminiga almashtirildi

Jahon iqtisodiyoti SARS-CoV-2 koronavirusi sabab 2020-yil yakunida o‘sish sur’atini namoyish qilmaydi, aksincha -2,4 foizga qarab harakatlanadi. S&P Global Ratings agentligining ekspertlari shunday xulosaga keldi, ular avval o‘sish bo‘lishi haqida bergan prognozini endi tushish bo‘lishi haqidagi taxminga almashtirgan.

"COVID-2019’ning iqtisodiyotga ta’siri uzoq davom etmoqda va avval kutilgandan ancha kuchli, oqibatda makroprognozlarimizni yana ham yomonlashtirdik. Endi 2020-yilda dunyoda YaIM ko‘rsatkichi 2,4 foizga kamayishi mumkin”, — deyiladi agentlikning koronavirusga bag‘ishlangan maxsus xabarnomasida.

31-mart kuni S&P COVID-19 pandemiyasi sharoitida joriy qilingan cheklovlar dunyoda YaIM o‘sish sur’atini avval kutilayotgan 3,3 foizdan 0,4 foizgacha tushishi mumkinligini taxmin qilgandi. S&P vakillarining qayd etishicha, 2021-yilda dunyo davlatlarida YaIMning umumiy ko‘rsatkichi 5,9 foizga o‘sadi.

"Yevroittifoq hududining iqtisodiyotini butun dunyodagiga nisbatan sezilarli darajadagi pastlash kutib turibdi, yil oxirida Yevropa qit’asi iqtisodiyotida 7,3 foizlik pastlash kuzatiladi. AQSh iqtisodiyotiga berilayotgan prognoz boshqalarnikiga nisbatan bir oz yaxshiroq YaIM -5,3 foizga teng. May oyida AQShda ishsizlik darajasi 19 foizga yetadi.” — deyiladi ekspertlar xulosasida.

17-mart kuni agentlik 2020-yil yakuni bo‘yicha jahon iqtisodiyoti retsessiyaga uchrashini prognoz qilgandi.

"Biz global miqyosda retsessiya bo‘lishini taxmin qilayapmiz, ya’ni YaIMning umumiy o‘sishi atigi 1–1,5 foizni tashkil qiladi. Vaziyat prognozlarning yana ham yomonlashishi, ko‘rsatkichlarning yanada pasayishi taxmin qilinishidan darak bermoqda”, — deyiladi S&P agentligining "Global retsessiya hozir va shu yerda” deb nomlangan bayonotida.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi 14-aprel kuni iqtisodiy prognozini e’lon qilgan va unda jahon iqtisodiyotida YaIMning yil oxiriga borib 3 foizga tushishi mumkinligini bildirgandi. Bu 2009-yildan beri kuzatilgan birinchi retsessiya bo‘ladi, 11 yil avval global iqtisodiyot 0,08 foizga qisqargandi.

XVJ iqtisodiyotlarning pastlashi dunyodagi 194 ta davlatning 157 tasida kuzatilishini taxmin qilgan. AQSh iqtisodiyoti 5,9 foizga, Yevrohudud 7,5 foizga pastlaydi, Xitoydagi o‘sish sur’ati esa 1,2 foizni tashkil qilib, kutilganidan sekinlashadi. 2020-yilda iqtisodiyoti og‘ir zarbalar qabul qilib oladigan davlatlar — Venesuela (-15 foiz), Livan (-12 foiz), Gretsiya (-10 foiz), Xorvatiya va Chernogoriya (-9 foiz) bo‘lishi mumkin.

Rossiya iqtisodiyoti XVJ prognoziga ko‘ra 2020-yilda 5,5 foizga qisqaradi, 2021-yilda esa 3,5 foizga tiklanadi.

"2020-yilda dunyo iqtisodiyoti Buyuk tushkunlik davridan (1929—1933-yillar) buyon kuzatilmagan chuqur retsessiyani boshidan o‘tkazishining ehtimoli baland”, — deya ta’kidlagan XVJning bosh iqtisodchisi Gita Gopinat.

Ekspertning fikr bildirishicha, 2020-yildagi inqirozni "Buyuk o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish” yoxud "Buyuk karantin” davri deb atasa ham bo‘ladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:600 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:02
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь