• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 9 » Jahon bozorida neft narxining pasayishi dollarning qimmatlashuviga olib keldi. Asosiy ma’lumotlar
18:18
Jahon bozorida neft narxining pasayishi dollarning qimmatlashuviga olib keldi. Asosiy ma’lumotlar

Rossiya va Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) kelishuvi buzilishi sharoitida jahonda neft narxining pasayishi tezlashib ketdi. Kelishuv 1-aprelda o‘z kuchini yo‘qotadi va ishlab chiqaruvchi davlatlar cheklovlarsiz neft qazib olish imkoniga ega bo‘ladi.

Aslida nima bo‘lgan edi?

Brent markali neft narxi 9-mart, dushanba kuni, avvalgi minimumidan o‘tib, bir barreli uchun 31,38 dollargacha tushib ketdi. WTI markasidagi neftning narxi esa 31,35 foizga tushib, barreli uchun 28,33 dollarga yetgan. Brent fyuchers markasidagi neftning narxi 28,69 foizga arzonlashib, bir barreli 32,28 dollarga baholangan.

Brent markali neft narxining tushishi 6-martdayoq boshlangan edi. Bunga Rossiya va OPEK mamlakatlari neft qazib olish hajmlarini qo‘shimcha ravishda qisqartirish masalasida bir qarorga kela olmaganligi sabab bo‘lgan.

Rossiyada neft narxining tushib ketishi sabab dollar va yevro keskin qimmatlashdi. Dollar 72 rubl atrofida sotilgan bo‘lsa, yevro 82 rubl atrofida sotilmoqda.

Neft narxlarining pasayishi hamda dollar va evroning mustahkamlanishi Osiyo indekslariga ta’sir ko‘rsatdi. Gonkong fond birjasi Hang Seng 1064 punkt (4,07 foiz)ga, 25 071 ko‘rsatkichga tushdi. Shuningdek, savdolar ochilishida Tokio fond birjasining Nikkei 225 indeksi ham pasaydi. U 1196 punt (5,77 foiz)ga pasayib, 19 553 ko‘rsatkichga tushdi.

Kelishuv amalga oshmagach, Saudiya Arabistonining Saudi Aramco neft kompaniyasi aksiyalari 8-mart holatiga ko‘ra, birinchi marta 9 foizga arzonlashgan. Bu oxirgi 11 yil ichida bir kunda kuzatilgan narxning eng yuqori pasayishi bo‘ldi. Saudi Aramco’ning kapitalizatsiyasi IPO narxlaridan ham past qiymatda baholangan.

Narxlar nima uchun pastladi?

Jahon iqtisodiyotiga tahdid soluvchi yangi koronavirus tarqalishi sharoitida Vena shahrida 6-mart, juma kuni, OPEK mamlakatlari va neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha kelishuvni qo‘llab-quvvatlagan davlatlar vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 2016-yildan buyon birinchi marta uchrashuv ishtirokchilari neft qazib olish hajmlarini qo‘shimcha ravishda qisqartirish bo‘yicha bitim shartlarini kelisha olmadi va u 1-apreldan boshlab o‘z kuchini yo‘qotadi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiya va Saudiya Arabistoni qarama-qarshi pozitsiyalarni egalladi. Moskva ishlab chiqarishni qo‘shimcha qisqartirishdan bosh tortdi va shartnomani amaldagi sharoitda (neft qazib olishni kuniga 1,7 million barrelga kamaytirish) 2020-yilning ikkinchi choragiga uzaytirishni taklif qildi. Ar-Riyod esa neft qazib olishni kuniga yana 1,5 million barrelga kamaytirishni yoqlab chiqdi.

Saudiya Arabistoni Rossiya hamda Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti bilan hamkorlik doirasida imzolanishi ko‘zda tutilgan kelishuv bekor bo‘lgach barcha turdagi neftning narxini arzonlashtirdi. Shuningdek, neft ishlab chiqarish hajmini kuniga 10 million barreldan, zarurat bo‘lsa, rekord darajadagi 12 million barrelga oshirishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Ekspertlarning fikricha, Saudiya Arabistonining ushbu taktikasi Rossiya va boshqa neft eksport qiluvchi davlatlarga bosim o‘tkazish va ularni Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti bilan muzokaralarga qaytarishga qaratilgan.

Endi nima bo‘ladi?

Amerikaning Goldman Sachs investitsiya banki tahlilchilarining fikricha, Brent markali neft narxi bir barrel uchun 20 dollarga tushishi mumkin. Bundan tashqari, ular ikkinchi va uchinchi chorak uchun prognozlarni pasaytirib, Brent neftining bir barreli narxi 30 dollardan oshmasligini taxmin qildi.

Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novakovning aytishicha, endilikda mamlakatda neft qazib olish hajmi mamlakat kompaniyalari rejalariga bog‘liq bo‘ladi. Kelishuvdan chiqish Rossiyaga neft qazib olishni kuniga 0,3 million barrelga oshirish imkonini beradi.

"Lukoyl”ning sheriklikdagi egasi Leonid Fedunning prognoziga ko‘ra, bitimning buzilishi sababli Rossiya har kuni 100 milliondan 150 million dollargacha yo‘qotadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kompaniyalari neft qazib olishni oshirish istagini bildirgan bo‘lsa ham, 2-3 foizlik o‘sish kelajakdagi yo‘qotishlarni qoplay olmaydi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:524 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:37
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031