• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 29 » Italiyalik olim koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzda yuz berishi mumkinligini taxmin qildi
23:10
Italiyalik olim koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzda yuz berishi mumkinligini taxmin qildi

Italiya Sog‘liqni saqlash oliy instituti prezidenti Silvio Bruzaferroning ma’lum qilishicha, kuz kelishi bilan nafas yo‘llari kasalliklarining tarqalishi koronavirusning ikkinchi to‘lqini ehtimolini oshiradi. Bu haqda "RIA Novosti” xabar berdi.

"Oktabrdan yuqori nafas yo‘llarining kasalliklari tarqalishi oshadigan mavsum boshlanadi. Biz taxmin qilayotgan ssenariyga ko‘ra, havo va aloqa orqali yuqadigan koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi mumkin bo‘lgan kasallikka aylanadi va xatolik sababli boshqa kasallik sifatida qabul qilinishi mumkin”, — deya ma’lum qilgan Silvio Bruzaferro.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, infeksiyaning yuqish tezligi kuzgi mavsum yaqinlashishi bilan oshadi.

"Ikkinchi to‘lqin haqidagi mashhur gipoteza ana shu bilan bog‘liq. Ilmiy-texnik nuqtayi nazardan ham bu obyektiv ma’lumot hisoblanadi”, — deya ta’kidlagan Bruzaferro.

Italiya hukumati huzuridagi COVID-19 epidemiyasga qarshi kurash bo‘yicha ilmiy-texnik qo‘mita a’zosi bo‘lgan professorning qayd etishicha, keyingi haftada Italiya hududlari o‘rtasidagi cheragalarning ochilishi mamlakat uchun yangi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yangi kasallik o‘choqlarining paydo bo‘lishiga o‘z vaqtida beriladigan javobni talab qiladi. Avvalroq hukumat bunday hududlarga nisbatan "qizil hudud” rejimini joriy qilishga tayyor ekanligini bildirgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada 231 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlangan, 150 mingdan ortiq bemor tuzalgan, qurbonlarning umumiy soni 33 142 kishini tashkil qilmoqda.

Avvalroq JSST vakili COVID-19 bilan kasallanish ikkinchi marta o‘z cho‘qqisiga chiqishi mumkinligini bildirdi. Buyuk Britaniya ekspertlari esa karantin cheklovlarini tezda bekor qilish koronavirusning ikkinchi to‘lqinini yuzaga keltirishi mumkinligidan ogohlantirgandi. Xitoyda koronavirusning yangi to‘lqini qachon sodir bo‘lishi prognoz qilingan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:545 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:23
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь