• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 26 » Italiyada jinoyatchilar orasida afsonaga aylangan politsiyaning noyob Ferrari’si sotuvga qo‘yildi
13:20
Italiyada jinoyatchilar orasida afsonaga aylangan politsiyaning noyob Ferrari’si sotuvga qo‘yildi

Londondagi Girardo & Co dilerlik markazi politsiyachilarning noyob Ferrari mashinasini sotuvga qo‘ydi. To‘rt o‘rinli Ferrari 250 GTE 1963-yilda Rim politsiyasida xizmat boshlab, olti yil davomida jinoyatchilar orasida afsona darajasiga yetgan. Bu turdagi avtomobildan ikki nusxa yaratilgan bo‘lib, hozirga qadar bir donasi saqlanib qolgan, deb xabar beradi Motor.

1960-yillarda Italiyada deyarli barcha jinoyatchilik holatlari gumonlanuvchilarni quvish bilan yakunlangan. Jinoyatchilar ancha tez harakatlanuvchi avtomobillarga o‘tirib qochganligi sababli politsiya ham ortda qolmaslik uchun Alfa Romeo 1900’ni biroz tezkorroq Giulia 1600 sedaniga almashtirgan. Biroq bu ham yetarli bo‘lmagan. Ofitser Armando Spataforning "uchar bo‘linmasi”dan jinoyatchilikka qarshi kurashda politsiya uchun nima kerak deya berilgan savolga, ular quyidagicha javob qaytargan: "Ferrari’dan yaxshiroq nima bo‘lishi mumkin?”.

Spatafor va yana uch nafar politsiya xodimi Maranelloga yuborilib, haydovchilik mahoratini oshirish kursida o‘qib qaytgan. Dastur oxirida Spataforga vett. Polizia (politsiya avtomobili) nomi ostidagi yangi — Ferrari 250 GTE 2+2 Series II  mashinasini ko‘rsatishgan. Ferrari ikkita bir xil mashinani ishlab chiqargani ma’lum, biroq bir necha haftadan so‘ng, jinoyatchilarni quvish vaqtida mashinalardan biri yo‘q qilingan.

Spataforning avtomobili politsiya safida 1968-yilgacha xizmat qilgan. Politsiya Ferrari’si hatto jinoyatchilar orasida ham mashhurlikka erishgan. 1972-yilga qadar Ferrari 250 GTE 2+2 Rim politsiyasida xizmat ko‘rsatgan, keyinroq esa sotib yuborilgan. Avtomobilning yangi egasi o‘g‘illari bilan birgalikda mashinani orginal holatda saqlab qolishga qaror qilib, turli milliy va Yevropa ko‘rgazmalarida namoyish etib kelgan.

1984-yilda Armando Spatafor "o‘zining” Ferrari’si ruliga o‘tirib, Coppa delle Dolomiti tarixiy poygasida ishtirok etgan va marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelgan. 2000-yillar boshida avtomobil politsiya transporti muzeyiga topshirilgan.

Ta’kidlanishicha, mashina narxi xaridorning so‘roviga ko‘ra, ma’lum qilinadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:551 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:02:00
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь