• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 22 » Butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2,5 milliondan oshdi
10:01
Butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2,5 milliondan oshdi

Butun dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlarning soni 2 501 156 nafarga yetdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumot bergan.

Pandemiya boshlanganidan beri koronavirusdan vafot etganlar soni 21-aprel soat 21:30 holatiga ko‘ra, 171,8 ming nafarni tashkil qilmoqda.

Universitet 15-aprelda COVID-19 bilan kasallanganlar soni dunyo bo‘yicha 2 million nafardan oshganini ma’lum qilgandi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti esa 19-aprel kuni dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2,24 milliondan oshganini bildirgan.

Koronavirusga eng ko‘p chalinish holatlari bo‘yicha AQSh reytingda yetakchilik qilmoqda. Qo‘shma Shtatlarda 788 920 ta kasallanish holati qayd etilgan. 42,4 ming nafar kishi koronavirusdan vafot etgan.

Kasallanganlar soni bo‘yicha kuchli o‘ntalikka Ispaniya (204,1 ming kishi), Italiya (181,2 ming nafar), Fransiya (156,4 ming nafar), Germaniya (147,5 ming nafar), Buyuk Britaniya (125,8 ming nafar), Turkiya (90,9 ming nafar), Eron (84,8 ming nafar), Xitoy (83,8 ming nafar) va Rossiya (52,7 ming nafar) kirgan.

Koronavirus Rossiyaning barcha hududlarida aniqlangan. Oxirgi bir sutka ichida 21-aprel holatiga ko‘ra mamlakatda COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha 5642 ta yangi holat qayd etilgan, kasallanganlarning umumiy soni 52 ming nafardan oshib ketgan. COVID-19’ga chalingan kishilar soni bo‘yicha Moskva (29 433 ming nafar) yetakchilik qilmoqda. Rossiya tezkor shtabi bergan ma’lumot bo‘yicha mamlakatda koronavirus infeksiyasi aniqlanganidan beri 456 kishi koronavirus oqibatida dunyodan ko‘z yumgan.

O‘zbekistonda 21-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 1678 nafarni tashkil qilmoqda. O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning olti nafari vafot etdi, 357 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan. Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:579 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:57
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь