• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1363
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 8 » Italiya bosh vaziri koronavirus sababli mamlakatning 14 ta provinsiyasini yopdi
11:25
Italiya bosh vaziri koronavirus sababli mamlakatning 14 ta provinsiyasini yopdi

Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash doirasida yangi farmonni imzoladi, deya xabar bermoqda Corriere della Sera.
Hujjatga muvofiq, Italiyada 8-martdan 3-aprelga qadar butun Lombardiyaga, shuningdek, yana 14 ta provinsiyaga kirish va chiqish to‘xtatiladi; yopilgan provinsiyalar: Parma, Pyachensa, Rimini, Rejo-nel-Emiliya, Modena, Pezaro, Urbino, Paduya, Trevizo, Alessandriya, Verbano-Kuzio-Ossola, Novara, Verchelli va Asti. Zarurat tug‘ilsa, bu hududlar bemorlarni o‘zaro qayta taqsimlashi mumkin.

Shunday qilib, Italiyada koronavirus epidemiyasi endi boshlangan vaqtda joriy etilgan yopiq "qizil hududlar” endi bo‘lmaydi. Nomlari zikr etib o‘tilgan provinsiyalarga kirish va ulardan chiqishga faqat favqulodda holatlardagina ruxsat berilishi mumkin.

Bundan tashqari, ushbu hududlarda maktablar, universistetlar, sport zallari va muzeylar faoliyati vaqtincha yopiladi, diniy marosimlar to‘xtatiladi. Restoran va barlar o‘z tashrifchilarini bir-biridan xavfsiz masofa (kamida bir metr)da joylashtirishni ta’minlay olsagina ishini davom ettirishi mumkin.

Umumiy ehtiyot choralari butun Italiya bo‘ylab ko‘rilmoqda: muzeylar va bukmekerlik idoralari yopilmoqda, ommaviy tadbirlar, xususan, filmlar, spektakllar namoyishlari va sport musobaqalari bekor qilinmoqda.

Kontening so‘zlariga ko‘ra, ko‘rilayotgan choralar "noqulaylik keltirib chiqarsa-da”, "javobgarlik lahzasi”da zaruriy hisoblanadi. "Biz o‘zimizning va yaqinlarimizning, ota-onalarimizning salomatligini, avvalo — buvilarimiz va bobolarimiz salomatligini muhofaza qilishimiz lozim. Chunki aynan keksa odamlarning bu virusga chalinishi ehtimoli yuqori ekanligini aniqladik”, — dedi bosh vazir.

Avvalroq Italiyada Lombardiya va 11 provinsiya yopilishi mumkinligi haqida La Repubblica yozgan edi. Bloomberg’ning hisob-kitoblariga ko‘ra, mazkur cheklov choralari 16 millionga yaqin aholi (Italiya aholisining uchdan biri)ning turmushiga daxl qilishi mumkin.

Italiya Sog‘liqni saqlash vazirligining 7-martdagi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 5061 kishida COVID-19 koronavirusi aniqlangan, ularning aksariyati — 3420 nafari — Lombardiyada. Virus oqibatida mamlakatda 233 kishi vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:477 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:09
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031