• Xavfli Cho'qqi - O'zbek Tilida
  • Qora Niqob - O'zbek Tilida
  • Sukunat Azobi - O'zbek Tilida
  • Mellori - O'zbek Tilida
  • Vulqon - O'zbek Tilida
  • Viking Bo'ri - O'zbek Tilida
  • Qora Belbog' - O'zbek Tilida
  • Lochin Ovi - O'zbek Tilida
  • Bunraku - O'zbek Tilida
  • G'aroyib Samuraylar - O'zbek Tilida
  • Vahshiylar - O'zbek Tilida
  • Tuman - O'zbek Tilida
  • Qonli Olmos - O'zbek Tilida
  • Ko'cha Jangchisi - O'zbek Tilida
  • Katta Aka - O'zbek Tilida
  • O'tmishning Arvohlari - O'zbek Tilida
  • Halokat - O'zbek Tilida
  • Ilonlar Hujumi - O'zbek Tilida
  • Ajdarho Yo'li - O'zbek Tilida
  • Qor Bo'roni - O'zbek Tilida
Клип премьера
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1854
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 38
Гостей: 38
Пользователи 0

Шохида
Admin555555
Admin55555
Dagees
arzuwjan05
Vaziyatga12345
logiskylogina
Shaxijon_2001
Samuray192919
Arsenbek
Главная » 2023 » Yanvar » 21 » ISW: Kreml Moskvaga mudofaa tizimlarini o‘rnatish orqali rossiyaliklarga Ukrainadagi urush qanchalik xavfliligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan
21:56
ISW: Kreml Moskvaga mudofaa tizimlarini o‘rnatish orqali rossiyaliklarga Ukrainadagi urush qanchalik xavfliligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan

Amerikaning urushni tadqiq qilish instituti (ISW) o‘zining kundalik xabarlarida taxmin qilishicha, Moskvada paydo bo‘lgan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari Ukrainadagi urushni Rossiya uchun xavf deb ko‘rsatish va rossiyaliklarni uzoq davom etadigan nizoga tayyorlashga qaratilgan axborot operatsiyasi doirasida o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin.

Rossiya Mudofaa vazirligi binosi tomiga o‘rnatilgan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi

ISW ekspertlari Kremlning Ukraina harbiylari Moskvaga zarbalar berishiga ishonishini dargumon deb hisoblaydi. Ularning taxmin qilishicha, mudofaa tizimlari aynan "provokatsion” suratlar matbuotda e’lon qilinishi uchun, shu orqali esa rossiyaliklarni Ukrainadagi urush ular uchun bevosita xavf tug‘dirishiga ishontirish maqsadida o‘rnatilgan.

ISW yozishicha, bundan tashqari, bunday xatti-harakatlar Rossiya hukumatining Ukrainadagi urush Ikkinchi jahon urushiga qiyoslashga urinishlari bo‘lishi ham mumkin. Ya’ni ular Ukrainani Rossiya uchun, xuddi urush yillarida Germaniya sovet ittifoqiga qanday xavf tug‘dirgan bo‘lsa, shunday real xatarga ega mamlakat sifatida tasvirlamoqchi. Shu tariqa, hukumat rossiyaliklar orasida Ukrainadagi urush tarafdorlarini ko‘paytirish va ularni keyingi safarbarlikka tayyorlashni ko‘zda tutyapti, deb hisoblaydi ekspertlar.

Yanvar o‘rtalarida internetda Moskva markazidagi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari suratlari paydo bo‘la boshladi. Xususan, bunday tizimlardan biri Rossiya Mudofaa vazirligi binosi tomiga o‘rnatilgan.

Rossiya hukumati holatni izohlashdan bosh tortmoqda: Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarning savollarini Mudofaa vazirligiga qayta yo‘naltirgan, Davlat dumasi mudofaa qo‘mitasi a’zosi Yevgeniy Lebedev esa e’lon qilingan foto va videolarni "feyk” deb atadi. Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayanib yozishicha, mudofaa tizimlarining o‘rnatilishi Ukraina qurolli kuchlarining Moskvadagi nishonlarga dronlar yordamida zarbalar berish ehtimoli bo‘yicha xavotirlar fonida yuz bergan.

Dekabr boshida uchuvchisiz qurilmalar Ryazan viloyatidagi Dyagilevo aviabazasiga va Saratov viloyatidagi Engels aerodromiga hujum qilgandi. Rossiya Mudofaa vazirligi hodisada Ukraina qurolli kuchlarini ayblagan. 6-dekabr kuni ertalab uchar qurilma Kursk viloyatidagi aerodromga zarba bergan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:65 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:10
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031