• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 26 » Istanbulda o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq vaziyat tarangligicha qolmoqda
18:21
Istanbulda o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq vaziyat tarangligicha qolmoqda

Turkiyada koronavirus xavfi ortib bormoqda. Mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 10 mart kuni qayd etilgan bo‘lsa, ayni vaqtga qadar 2433 kishi ushbu xastalikka chalindi. Ulardan 59 nafari vafot etdi, 26 kishi sog‘aydi. 

Mamlakatdagi epidemiologik vaziyat qaltislashishi ortidan Turkiyaning turli shaharlarida o‘qiyotgan va ishlayotgan yuz minglab o‘zbekistonliklarning Vatanga qaytish talabi ortgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Istanbudagi beqaror vaziyat haqida rasmiy bayonot berib, Turkiyaning Istanbul shahrida qolayotgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi.  

"Hozirda Turkiyada, xususan Istanbuldagi vaziyat tarangligicha qolmoqda. Hurmatli Istanbuldagi fuqarolarimiz, Bosh konsulxona O‘zbekistonga qaytmokchi bo‘lgan fuqarolarimiz ro‘yxatini tuzib, uni TIVga yuboradi. Ushbu ro‘yxat har kuni murojaatlar asosida yangilanib, to‘ldiriladi va vakolatli idoralarga, xususan Respublika maxsus komissiyasiga, Transport, Sog‘liqni saqlash, Favkuoldda vaziyatlar vazirligiga va Milliy aviakompaniyamizga yuboriladi. Ushbu idoralar hamkorlikda charter reyslarini amalga oshirish va tashkiliy masalalarni hal qiladi”, deyiladi murojaatda. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 21 va 24 mart kunlari Istanbuldan charter reyslari tashkillashtirilishi natijasida 500 ga yaqin o‘zbekistonliklar ollib kelingan. Ushbu jarayon davom etadi.  

"Lekin Bosh konsulxona oldida to‘planib, diplomatlarimiz vakolatiga kirmaydigan turli talablar qo‘yish (zudlik bilan charter reysini tashkillashtirish) bilan masalani hal qilib bo‘lmaydi, vaziyat tarangligicha qolaveradi.  

Shu o‘rinda Bosh konsulxonaga o‘z murojaatlaringizni +90 537 668 49 60 raqamga WhatsApp va Telegram messenjerlari orqali yuborishingiz mumkin, jumladan, pasport va agar mavjud bo‘lsa aviachipta nusxasini. 

Mamlakatimizda ham o‘z yurtiga keta olmagan chet el fuqarolari qayd etilgan. Tashqi ishlar vazirligi Toshkentdagi xorijiy mamlakatlar diplomatik vakolatxonalari bilan yaqin aloqada bo‘lib turib, bugungi kunga qadar aloqador vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 3000 dan ortiq chet el fuqarolarini o‘z vatanlariga qaytish maksalasi hal qilindi. Xorij fuqarolari ham vaziyatni tushunib, O‘zbekistonning ichki tartib va qoidalariga rioya etib, sabrli bo‘lib, o‘z elchixonalari bilan aloqada bo‘lib turishgan va ularning ko‘rsatmalari asosida aeroportga borib o‘z vatanlariga qaytib ketganlar. 

Hurmali Turkiyadagi fuqarolarimiz, sizni biroz sabrli va matonatli bo‘lishga, tinchlik va osoyishtalikni saqlashga chaqirib qolamiz. 

Bugungi og‘ir vaziyat nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda kuzatilmoqda. Hattoki yirik rivojlangan davlatlar ham falaj holiga kelib, 
muammoni hal qilishda katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ba’zi davlatlar esa hatto o‘z fuqarolarini ham qabul qilishdan bosh tortmoqda. 

Lekin xorij davlat fuqarolari vaziyatni to‘g‘ri baholab, o‘z hukumatlariga dastak bo‘lmoqda va ortiqcha muammo keltirib chiqarmaslikka harakat qilmoqda. 

Mamlakatimiz ham albatta, bu og‘ir damlardan o‘ta oladi. Biz buyuk ajdodlar avlodimiz, bundan ham qiyin va mashaqqatli damlarda g‘ururimizni, madaniyatimizni yo‘qotmasdan qiyinchiliklarni matonat bilan yengib o‘tgan xalqmiz. O‘zligimizni yo‘qotmasdan, sarosimaga tushmasdan, sabr va qanoat bilan vaziyatni idrok qilib, og‘ir bosiqlik bilan mavjud holatga yondashishga undaymiz”, deyiladi murojaatda. 

Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, O‘zbekistonda koronavirus bilan xastalangan 65 bemor qayd etilgan. Mamlakatda koronavirus aniqlangan dastlabki ikki bemorning biri Fransiyadan, ikkinchisi Turkiyadan qaytgan edi.  
Категория: Har-Hil | Просмотров:549 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:23:44
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031