• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 49
Гостей: 49
Пользователи 0

Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Главная » 2020 » Fevral » 27 » Ismatulla Ergashev Xitoy elchisi bilan Afg‘oniston muammosini hal etish masalalarini muhokama qildi
20:39
Ismatulla Ergashev Xitoy elchisi bilan Afg‘oniston muammosini hal etish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev 27-fevral, payshanba kuni, Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Jiang Yan bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Xitoyning Afg‘oniston muammosini hal etishdagi sa’y-harakatlari, Afg‘onistonda turli loyihalarni amalga oshirishda O‘zbekiston—Xitoy hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Xitoy tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonda siyosiy muzokaralar jarayonini boshlash borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholar ekan, Xitoyning Afg‘oniston inqirozini tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdori ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

Elchi Afg‘onistonni mintaqaviy loyihalarga yanada ko‘proq jalb etish muhimligi to‘g‘risidagi O‘zbekiston tomoni fikrini to‘liq qo‘llab-quvvatladi, bu esa mamlakatdagi vaziyatni hal etish va uning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklashga yordam beradi.

Suhbat davomida elchi Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish bo‘yicha Ta’lim markazida afg‘on agrar mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha uch tomonlama hamkorlikni faol qo‘llab-quvvatlagani uchun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga minnatdorlik bildirdi.

Ta’kidlanishicha, 2020-yilning ikkinchi yarmida o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Afg‘onistonning tibbiyot sohasi uchun hamshiralar tayyorlash” mavzusidagi kurslar ushbu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklashda amaliy yordam ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, Ismatulla Ergashev 26-fevral, chorshanba kuni, Afg‘oniston transport vaziri vazifasini bajaruvchi Yamo Shams bilan uchrashgan va O‘zbekistonning Afg‘oniston orqali o‘tadigan tranzit yuklari hajmini oshirish masalalarini muhokama qilgan edi.

Avvalroq Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani O‘zbekiston Afg‘onistonga iqtisodiy yordam ko‘rsatishda boshqa davlatlar uchun namuna bo‘layotganini bildirgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:599 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:38
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829