• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Dekabr » 9 » Islom Karimov “Yandeks”da eng ko‘p qidirilgan erkaklar ro‘yxatidan o‘rin oldi
13:02
Islom Karimov “Yandeks”da eng ko‘p qidirilgan erkaklar ro‘yxatidan o‘rin oldi

Kecha, 8 dekabr kuni Rossiyaning "Yandeks” qidiruv tizimi yil yakunlari hisobotini omma e'tiboriga havola etdi. Ushbu hisobotda 2016 yilda internet foydalanuvchilari tomonidan eng ko‘p izlangan so‘rovlar sarhisobi keltirilgan.
 
"Yandeks” hisobotiga ko‘ra, eng ko‘p qidirilgan erkaklar ro‘yxatidan AQSHning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp, aktyor Leonardo Di Kaprio va xonanda Valeriy Obodzinskiy joy olgan.
 
Eng ko‘p qidirilgan shaxslar o‘nligi ro‘yxatidan esa O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov, jurnalist Pavel Sheremet va musiqachi Devid Boui o‘rin egalladi.
 
Aytish lozimki, "Yandeks” yil mavzusi, ayollar, premyera kabi mavzulardagi hisobotni ham keltirib o‘tgan.
 
Shunday qilib, 2016 yilning eng mashhur mavzulari reytingidagi birinchi o‘ringa Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasiga saylovlar, AQSH prezidenti saylovlari, uchinchi pog‘onada esa Rossiyadagi cho‘chqa grippi, doping bo‘yicha janjallar, Zika virusi bo‘yicha so‘rovlar o‘rin olgan.
 
Ayollar ichida "Yandeks” qidiruv tizimidan eng ko‘p qidirilgan insonlar sirasiga Kseniya Sobchak hamda Olga Buzovalar kiritilgan.
 
Ma'lumot uchun, Kseniya Sobchak yaqinda o‘g‘il farzandli bo‘ldi, Olga Buzova esa turmush o‘rtog‘i, futbolchi Dmitriy Tarasov bilan ajrashmoqda.
 
Ayollar reytingdagi keyingi pog‘onalardan rossiyalik manekenchi ayol Regina Zbarskaya, AQSH prezidentligiga sobiq nomzod Hillari Klinton va AQSHning bo‘lajak birinchi xonimi Melaniya Tramp, 2016 yil vafot etgan rossiyalik aktrisa Natalya Krachkovskaya ham joy olgan.
 
Yil premyerasi reytingidagi birinchi pog‘onada iPhone 7 yangi modellarining omma e'tiboriga havola etilishi qayd etilgan. Shuningdek, ayni reytingdan Samsung Galxy Note 7, 2016 yilning 12 sentyabrida birinchi reysni amalga oshirgan Rossiyaning Jukovskiy aeroporti, futboldagi yashil kartochka kabilar ham o‘rin olgan.
 
Sport sohasidagi voqyealar reytingida Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlari mavzusi yetakchilik qildi. Undan keyingi o‘rinda futbol chempionati va Yevro-2016 xokkey bo‘yicha jahon Chempionati turibdi.
 
Eng ko‘p izlangan filmlar reytingida "Hudkushlar guruhi”, "Dedpul”, "Ekipaj”, "Hayvonlarning yashirin hayoti” kabilar mavjud. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:1635 | Добавил: Admin | Теги: Ислом Каримов “Яндекс”да энг кўп қи | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:02
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031